Get Mystery Box with random crypto!

BOLAM Koʻzlari dur, munchogʻim, Ey, mening ovunchogʻim, Baxtg | Bekpoʻlat Baxtiyor

BOLAM

Koʻzlari dur, munchogʻim,
Ey, mening ovunchogʻim,
Baxtga oʻrar quchogʻim,
Koʻzimning nuri bolam,
Qalbimning duri bolam.

Alloh bergan neʼmatim,
Bagʻrimdagi jannatim,
Muhammadga ummatim,
Koʻzimning nuri bolam,
Qalbimning duri bolam.

Kulging quvnatar koʻnglim,
Koʻzingda ravshan yoʻlim,
Qaro koʻzim, jon, dilim,
Koʻzimning nuri bolam,
Qalbimning nuri bolam.

Zorlik koʻrmay ulgʻaygin,
Xorlik koʻrmay ulgʻaygin,
Sen bilan yuzim rangin,
Koʻzimning nuri bolam,
Qalbimning nuri bolam.

Ajdodlarga munosib,
Buyuklarga munosib,
Xur yasha, unib oʻsib,
Koʻzimning nuri bolam,
Qalbimning nuri bolam.

Bekpoʻlat BAXTIYOR

https://t.me/bekpolat_baxtiyor