Get Mystery Box with random crypto!

BUNCHA SOXTA ODAMLAR Soʻzlagani malomat, Ko'zlagani mol-davla | Bekpoʻlat Baxtiyor

BUNCHA SOXTA ODAMLAR

Soʻzlagani malomat,
Ko'zlagani mol-davlat,
Koʻp keltirar nadomat,
Sirli bosar qadamlar,
Buncha soxta odamlar...

Koʻngling boʻlsa gʻurbatda,
Yoʻqlasang musibatda,
Noming boʻlar gʻiybatda,
Qoʻl tutarlar hush damlar,
Buncha soxta odamlar...

Omonat bu dunyoda,
Inson boshi g'avg'oda.
Mehrlar ham savdoda,
Yurak toʻla alamlar.
Buncha soxta odamlar...

Bir-bir yoʻldan adashgan,
Shayton bilan sinashgan,
Afsus, dunyo talashgan,
Opa-singil, ukamlar,
Buncha soxta odamlar...

Tana boshqa dard bilmas,
Vafosiz ko'p, ahd bilmas,
Kerak payti yo'qlamas,
Oʻzgacha bir olamlar,
Buncha soxta odamlar...

Ishi tushsa muloyim,
Bekmi yoki begoyim,
Dardsiz dardkashdir doim,
Yozib, yozmas qalamlar,
Buncha soxta odamlar...

Yuzga aytsang xatosin,
Koʻrasan soʻng, javosin,
Yogʻdirar koʻp balosin,
Unut boʻlar yordamlar,
Buncha soxta odamlar...

Muhabbatda - manfaati,
Muhabbatda - nafrati,
Muhabbatsiz siyrati -
Alamzada sanamlar,
Buncha soxta odamlar...

Senda boʻlsa eʼtibor,
Boʻlsang mudom xaloskor,
Har kun holdan xabardor,
Sensiz oʻtmas bayramlar,
Buncha soxta odamlar...

Xoʻp tuslanar maftunkor,
Sodda odam, beozor,
Soʻngra bilsang, dilozor,
Pardozli qalb shiramlar,
Buncha soxta odamlar...

Bekpoʻlat BAXTIYOR

https://t.me/bekpolat_baxtiyor