Get Mystery Box with random crypto!

Bek-Khwarizmi

Telegram kanalining logotibi bek_khwarizmi — Bek-Khwarizmi B
Telegram kanalining logotibi bek_khwarizmi — Bek-Khwarizmi
Kanal manzili: @bek_khwarizmi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 599

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-16 22:34:31 #New_Job
Junior Software Engineer at EPAM Systems
551 views19:34
Ochish/sharhlash
2022-09-06 17:22:57 Yechim 12. n ta urinishda qavatni aniqlash mumkin bo'lsin. Dastlab n-qavatdan birinchi tuxumni tashlab ko'ramiz:
- agar u sinsa endi ikkinchi tuxumni 1-qavatdan tashlab ko'ramiz, agar sinsa demak bizga kerak qavat 1 bo'ladi va urinishlar soni 2, agar sinmasa 2-qavatdan tashlab ko'ramiz, ... bunda eng ko'pi bilan n-1-qavatgacha kelamiz va shuning uchun ham urinishlar soni =< 1+(n-1)=n;
- agar u sinmasa endi ikkinchi tuxumni n+(n-1) = 2n-1 qavatdan tashlab ko'ramiz (bitta urinishdan allaqachon foydalandik shuning uchun bu safar qadamni n-1 qilamiz):
-- agar u sinsa n+1-qavatdan boshlab tekshiramiz, ... bunda ko'pi bilan n-2 urinish bo'ladi (2n-2 gacha) va shuning uchun jami urinishlar soni =<2+(n-2)=n;
-- agar u sinmasa endi ikkinchi tuxumni n+(n-1)+(n-2) = 3n-3-qavatdan tashlab ko'ramiz ... .
E'tibor beradigan bo'lsak biz maksimal urinishlar sonini ==100 bo'lishi kerak, ya'ni => n>=14.
189 viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2022-09-03 15:37:18 #Medium
Savol 12. Faraz qiling biz 100 qavatli binoning qaysi qavatidan tuxum tashlanganida sinishini topmoqchimiz. Bunda quyidagi shartlar o'rinli:
> tuxum k-qavatdan tashlanganida sinsa, u istalgan m>k uchun m-qavatdan tashlanganida ham sinadi;
> tuxum k-qavatdan tashlanganida sinmasa, u istalgan m> sinmagan tuxumni qayta ishlatish mumkin;
> singan tuxumni qayta ishlatib bo'lmaydi;
> barcha tuxumlar uchun natija bir xil;
Agar bizda ikkita tuxum bo'lsa, ular tashlanganida sinadigan eng kichik qavatni aniqlashimiz uchun eng kamida nechta urinishni amalga oshirishimiz kerak?
234 views12:37
Ochish/sharhlash
2022-08-21 13:23:40 #Easy
Savol 11. Tasavvur qiling, siz do'stingiz bilan quyidagicha o'yin o'ynamoqchisiz:
> Dastlab stol ustiga n ta tanga joylanadi;
> Siz va do'stingiz navbat bilan shartni bajarasizlar, va siz birinchi boshlaysiz;
> Har bir ishtirokchi o'zini navbatida 1 tadan 3 tagacha (1, 2, 3) tangani olishi mumkin;
> So'ngi marta tangani olgan ishtirokchi o'yinda g'olib hisoblanadi.
Agar ikkala ishtirokchi ham optimal o'ynasa, n ni bilgan holda kim yutishini topish mumkinmi?
289 views10:23
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:25:19 #Easy
Savol 10. Sport musobaqasida n nafar ishtirokchi bor. Har bir bosqichda sportchilar quyidagicha guruhlarga ajratiladi:
> Agar n juft bo'lsa, sportchilar 2 nafardan guruhlarga ajratiladi va har bir guruh g'olibi keyingi bosqichga o'tadi;
> Agar n toq bo'lsa, 1 nafar sportchi g'olib hisoblanadi va keyingi bosqichga o'tkaziladi, qolgan n-1 nafar sportchi esa 2 nafardan guruhlarga ajratiladi va har bir guruh g'olibi keyingi bosqichga o'tadi;
Musobaqa g'olibi aniqlangunga qadar necha marta guruh tuziladi?
338 viewsedited  13:25
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:10:53 #Medium
Savol 9. Tasavvur qiling sizda 25 ta ot bor, va siz ularning eng tezkor 3 tasini aniqlashni xohlaysiz. Buning uchun siz ko'pi bilan 5 ta ot o'rtasida poyga o'tkazishingiz mumkin va bu poyga orqali faqatgina ularning nisbiy tezligini aniqlay olasiz (5 tani ichida qaysi biri eng tezkor, ..., eng sekin), hech qanday holatda siz poygada otning haqiqiy tezligini topa olmaysiz. Shu holatda 3 ta eng tezkor otni aniqlash uchun eng kamida nechta poyga o'tkazishingiz kerak?
331 views11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-20 11:46:55 Masalan. n=11, x ixtiyoriy bo'lsin:
K1=11, K2=x, K3=1;
1-qadam:
1) K3=K3×K2=1 × x=x va K1=10;
2) K2=K2×K2=x × x=x^2;
3) K1=K1÷2=10÷2=5;
2-qadam:
1) K3=K3×K2=x × x^2=x^3 va K1=4;
2) K2=K2×K2=x^2 × x^2=x^4;
3) K1=K1÷2=4÷2=2;
3-qadam:
1) - - -
2) K2=K2×K2=x^4 × x^4=x^8;
3) K1=K1÷2=2÷2=1;
4-qadam:
1) K3=K3×K2=x^3 × x^8=x^11 va K1=0;
2) K2=K2×K2=x^8 × x^8=x^16;
3) K1=K1÷2=0÷2=0;
Izoh: Foydasini n soni kattalashsa sezish mumkin. Masalan 1024 < n < 2048 uchun ketma ket ko'paytirish orqali topsangiz kamida 1025 marta amal bajarish kerak. Yuqoridagi kabi bajarsangiz, har bitta qadamda ko'pi bilan 4 ta amal bajardik demak amallar soni =< 4×([log(2047)]+1) = 44 dan oshmaydi, albatta qo'shimcha hotira hisobiga.
344 views08:46
Ochish/sharhlash
2022-08-20 11:15:19 Yechim 8. 1- kalkulyatorda yozilgan qiymatni K1 deb belgilaylik, (shunga o'xshash qolganlarini K2, K3 kabi belgilaymiz) keyinchalik agar K1=K1-1 deb yozilsa demak birinchi kalkulyatordagi sondan 1 ni ayirgan bo'lamiz, huddi shunday K1=K1÷2 yozilsa qiymatni 2 ga bo'lgan bo'lamiz.
Quyidagi 3 ta amallar guruhini "qadam" deb nomlaylik:
1) agar K1 toq bo'lsa: K3=K3×K2 va K1=K1-1 (demak K1 juft bo'lsa bu bosqich bajarilmaydi)
2) K2=K2×K2;
3) K1=K1÷2;

Endi har bir kalkulyatorga quyidagi qiymatlarini yozib olamiz:
K1 = n;
K2 = x;
K3 = 1;
va K1>0 bo'lsa yuqoridagi "qadam"ni takrorlayveramiz. Bundan yakuniy natija K3 da hosil bo'ladi. Jami "qadam"lar soni esa taxminan [log(n)]+1 ga teng bo'ladi (bu yerda log - ikki asosga ko'ra logarifm).
Izoh: Asosiy g'oya ikkilik sanoq sistemasi: Istalgan natural sonni ikkilik sanoq sistemasida yozishimiz mumkin, bu esa o'sha sonni 2 ning qaysidir darajalari yig'indisi yordamida ifodalash mumkin degani. Masalan 7 = "111" = 2^2 + 2^1 + 2^0. Demak biz x^7 uchun x, x^2 va x^4 ni bilishimiz yetarli ekan, bular esa o'zidan bitta oldingisini o'ziga ko'paytirilishi orqali hosil bo'ladi. Biz K1 dan n ni ikkilik sanoq sistemasiga yoyishda, K2 dan x ni 1, 2, 4, 8, 16, ..., 2^k darajalarini hosil qilishda va K3 dan natijani saqlashda foydalanayapmiz.
345 viewsedited  08:15
Ochish/sharhlash
2022-08-17 16:42:01 Savol 8.
Tasavvur qiling sizda 3 ta kalkulyator bor va ular 4 ta arifmetik amalni (+, -, ×, ÷) istalgan honali sonlar ustida bajara oladi. Bu kalkulyatorlar yordamida "x" haqiqiy sonini natural "n"-darajasini nechta qadamda topish mumkin?
540 viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash
2022-08-09 16:39:51 #imc2022 #imathuz

29-Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC) umumiy natijalari eʼlon qilindi!

Universitet talabalari o‘rtasidagi 29-Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC) bo'lib o'tayotganligi haqida xabar berib o'tgandik. Umumiy natijalar e'lon qilindi.

O'zbekistonlik talabalar 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalni qo'lga kiritishdi. Ular

Jahongir Turayev (O'zMU) oltin,
Jasurbek Imomov(O'zMU) kumush,
Abdushukur Axadov(O'zMU) kumush,
Jaxongir Norboyev (O'zMU) bronza,
Nabixon Nabixonov (O'zMU) bronza,
Rasul Kushnazarov(UrDU) bronza
medalni taqdim etdi.

Sovrindor talabalarni, ularning ota-onasi va ustozlarini tabriklaymiz!!!

Olimpiada oid yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
655 views13:39
Ochish/sharhlash