Get Mystery Box with random crypto!

Behzod Ne'matov

Telegram kanalining logotibi behzod_nematov — Behzod Ne'matov B
Telegram kanalining logotibi behzod_nematov — Behzod Ne'matov
Kanal manzili: @behzod_nematov
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 217
Kanalning ta’rifi

"Шам бўлмоқ осон эмас. Нур сочмоқ учун олдин ёнмоқ керак!".

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-21 19:26:48 #RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktabgacha ta'lim vaziri intervyu berishni istamadi" kabi noto‘g‘ri talqin qilingan video tarqaldi.
Aslida holat qanday bo‘lgan?
Joriy yilning 19 avgust kuni ShOS xotin -qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar birinchi konferensiyasida Maktabgacha ta'lim vazirining xalqaro tashkilotlar oldidagi ma'ruzasi oldidan jurnalist tomonidan tig‘iz vaqtda savolga tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda e'tibor berilsa jurnalist tomonidan savol berilayotgan jarayonda vazir yordamchisi "hozir u tayyorgarlik ko‘rayapti" degan javob berilgan hamda forum doirasidagi nutqdan so‘ng barcha savollarga javob berilishi haqida ham jurnalistga (afsuski videodagi bu joylari negadir qo‘yilmagan) tushuntirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videodan so‘ng, jarayonni noto‘g‘ri tushungan holatda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlar tomonidan Maktabgacha ta'lim vaziriga nisbatan turli xildagi salbiy fikrlar talqin qilinmoqda.
Eng achinarlisi ushbu videomaterial ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlarda Maktabgacha ta'lim vaziri, hukumat a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan millati, tili va dini haqidagi turli xildagi salbiy fikrlarni uyg‘otgan. Vaholanki yurtimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelishmoqda.
Shu qatorda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida quyidagilar bayon etilgan:

"O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar."

Jurnalistik etikaga rioya qilinib harakat qilinganda edi ijtimoiy tarmoqlarda bir shaxsning millati, tili, dini haqidagi noto‘g‘ri talqin qilinayotgan videomaterial tarqalmagan va keng ommaning nohaq e'tirozlariga sabab bo‘lmas edi.
Albatta barchamizning huquq va burchlarimiz Konstitutsiya moddalarida mustahkamlab qo‘yilganligini unutmasligimiz lozim.

Barcha OAV vakillariga ma'lumki Maktabgacha ta'lim vazirligi har doim OAVga nisbatan ochiq va shaffofdir.


Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati
25 views16:26
Ochish/sharhlash
2022-08-21 19:26:48
28 views16:26
Ochish/sharhlash
2022-08-15 20:06:41
Бухорода мактабгача таълим тизимида жорий ҳолат ва истиқболдаги вазифалар қандай?

Батафсил -
http://buxoroyoshlarkelajagimiz.uz/10133

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
77 views17:06
Ochish/sharhlash