Get Mystery Box with random crypto!

​​1Q84 (Haruki Murakami '1Q84' Trilogy) Haruki bilan boshlang | behruzreads

​​1Q84
(Haruki Murakami "1Q84" Trilogy)

Haruki bilan boshlangan yil Haruki bilan tugamoqda.

Har galgidek sehrli realizm va har galgidek jazz. Oxirgi ikki yil davomida uning bir qancha kitoblarini oʻqigach, u endi menga yangi biron narsa ayta olishiga ochigʻi shubham bor edi. Uch kitobdan iborat asarning uchalasi ham odamda bir biriga oʻxshamas tuygʻular, aralash taassurotlar va xulosalar qoldiradi. Birinchi kitob Harukiga xos nostalgiya, melanxoliya, har bir jism va shaxsning sinchkov tasviri va mumtoz musiqa dohiylari (Yanachek, Vagner) bilan oʻquvchini oʻziga rom etsa, ikkinchi kitob Tarantino uslubidagi dialoglar, Marsel Prust, Anton Chehov va Karl Yung ijodiga iqtiboslar ila oʻquvchini oʻz joyiga mixlab qoʻyadi.

Yozuvchiga ortigʻi bilan paxta qoyib boʻlgach, endi biroz eʼtirozlarim bilan oʻrtoqlashay. Dastlabki ikki kitob yuqori sifatiga shubha boʻlmasada, uchinchi kitob ular qoldirgan, haligacha javobi nomaʼlum boʻlgan savollarga javob va oxir oqibat voqealar yechimi bilan taʼminlashi lozim edi. Lekin...

Lekin uchinchi kitobga kelib xuddiki bu chigal va hali hanuz toʻliq ochib berilmagan hikoya yozuvchining oʻzining joniga teggandek tuyula boshlaydi. Bu ham yetmaganday, voqealar osmondan tarasha tushgandek, qoʻqqisdan tezlashib ketadi va yozuvchi xuddi nima boʻlsa ham asarni tezroq tugatish kerak degan tushuncha bilan yoza boshlagandek taassurot qoldiradi. Too Good To be True yosinidagi yakun toʻgʻrisida esa gapirmasa ham boʻladi.

Nima ham derdim, balkim Murakami haqiqatdan ham menga endi biron yangi narsa ayta olmas va uni qo'yib yuboradigan vaqt kelgandir. Ha mayli, quyida shu vaqtgacha oʻzim oʻqigan uning kitob va qisqa hikoyalarining menga yoqqanligi darajasi boʻyicha reytingi:

1. Dunyoni Shamolga Aylantirgan Qush Yilnomasi (the Wind-Up Bird Chronicles).
2. Kafka Qirgʻoqda (Kafka on the Shore).
3. Naokoning Tabassumi (Norwegian Wood).
4. 1Q84 Ikkinchi Kitob: Iyul-Sentabr.
5. 1Q84 Birinchi Kitob: Aprel-Iyun.
6. Qoʻmondonning Oʻlimi (Killing Commendatore).
7. 1Q84 Uchinchi Kitob: Oktabr-Dekabr.
8. Filning G'oyib Boʻlishi (The Elephant Vanishes).
9. Zulmatdan Soʻng (Afterdark).
@letsdomoreontelegram