Get Mystery Box with random crypto!

Aushvits o'lim lageri har bir inson hayotida bir marta borib, | behruzreads

Aushvits o'lim lageri har bir inson hayotida bir marta borib, maʼlum bir insonlar guruhiga va butun boshli millatga qarshi nafrat, siyosatga aralashmaslik, boshqalar va oʻz hayotiga befarq boʻlish aynan nimalarga olib borishi mumkinligini oʻz koʻzi bilan koʻradigan maskandir.

Uilliam Stayron oʻzining Sofi Tanlovi kitobida shunday deya yozadi:
Aushvits fenomeni hali hanuz tushunarsiz boʻlib qolmoqda. Bu hodisa haqida bildirilgan eng chuqur bayonot, - umuman olganda bayonot ham emas, balki savolga berilgan qarshi savoldir.

Savol: «Aytchi, Aushvitsda Xudo qayerda edi?»
Bunga javoban: «U yerda inson qayerda edi?»


(Orig. Auschwitz itself remains inexplicable. The most profound statement yet made about Auschwitz was not a statement at all, but a response.

The query: «At Auschwitz, tell me, where was God?»
And the answer: «Where was man?»)