Get Mystery Box with random crypto!

SEVARA | BEAUTY SECRETS

Telegram kanalining logotibi beautysecretikkk — SEVARA | BEAUTY SECRETS S
Telegram kanalining logotibi beautysecretikkk — SEVARA | BEAUTY SECRETS
Kanal manzili: @beautysecretikkk
Toifalar: Goʻzallik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

🌺Go'zallik va uslub hamohangligi:
💄Ideal qiyofa yaratish sirlari
👗O'zgacha imij va unga mos aromat tanlash texnikalari
🌹Moda olami yangiliklari
💫Bepul maslahatlar
Savol va takliflar uchun
Bloger - @Sevara_Ruzimova
Spamlar uchun - @Ruzimovabot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2019-08-20 09:01:24 ​​HAR BIR QOMATGA MOS TUSHUVCHI UNIVERSAL KIYIM KECHAKLAR

Kiyim-kechaklar ichida hammaga mos tushadigan va har qanday vaziyatda ham kiyish mumkin bo‘lgan kiyimlar mavjud.

Aslini olganda, haqiqiy to‘g‘ri bichimdagi jinsilarni sotib olishga anchagina vaqtingiz ketsa ham, natijasi bunga mutlaqo loyiq. To‘g‘ri bichim qomatingizni birmuncha uzun va nozik qilib ko‘rsatadi.

Klassik shakldagi lodochkalar hammaga mos keladi. Eng muhimi — lodochkaning tumshug‘i unchalik o‘tkir yoki uzun bo‘lmasligi, tuflining o‘lchami esa albatta o‘zingizga loyiq bo‘lishi shart. O‘rtacha balandlikdagi yoki pastroq poshnada kun bo‘yi charchoq his qilmasdan yurishingiz mumkin.

Krossovkalar allaqachon sport kiyimlari qatoridan kundalik uslubga o‘tishga ulgurdi. Hatto ba’zilar ularni kecha liboslari bilan ham kiyishmoqda.

1—2 juft universal uslubdagi krossovkalarni tanlang va ularni xohlagan kiyimlaringiz bilan kiyishingiz mumkin.

Yo‘l-yo‘l chiziqli maykalar garderobning universal bo‘laklaridan biri ekanligi sizni ajablantirishi tabiiy. Yo‘l-yo‘l chiziqlari sizni to‘la qilib ko‘rsatishidan qo‘rqmasdan, pidjak tagidan bemalol kiysangiz bo‘ladi.

Pidjaklar ham har qanday qomatga mos tushadi. Uni nozik va ixcham qilib ko‘rsatadi. Aynan erkaklar uslubidagi qora rangli emas, balki yumshoq va ochiq rangli pidjaklarni tanlaganingiz ma’qul.

@BeautySecretsSR
2.4K views06:01
Ochish/sharhlash
2019-08-20 06:01:00 ​​​​#hayirli_tong

Ma'lumotlarga qaraganda, Hayrli tong! va Hayrli tun! jumlalarini matnli xabar ko'rinishida qabul qilish BAXT hissiga javob beruvchi miya to'qimalarini faollashtirar ekan.

Bugun tongda yaqinlaringizning Baxtini uyg'otib qo'yishni unutmang!)

Hayirli tong, Azizlar!

@BeautySecretsSR
2.1K views03:01
Ochish/sharhlash
2019-08-19 20:11:15 ​​#hayirli_tun

Ma'lumotlarga ko'ra, Shukronalik bildira oladigan insonlar boshqalardan ko'ra o'zlarini baxtliroq his qilar ekanlar.

Har tun o'tgan kunimiz sarhisobini qilar ekanmiz, kun davomida bizga berilgan ne'matlar shukronasini qilishni unutmaylik!
Oqshomingiz hayirli o'tsin


@BeautySecretsSR
1.9K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2019-08-19 17:25:10 ​​​​Aromatlarning hayotimizga ta'siri

Atir bu ayniqsa xozirgi kunda talab katta bo'lgan ko'rinmas ammo eng mukammal bo'lgan aksessuardir. U sizning timsolingiz va uslubingizning ajralmas tarkibiy qismidir. Odamlar u orqali sizni qabul qilishadi.

Sizdan taralayotgan atir hidi tufayli

e'tiborni jalb qilasiz,

kishilarga yoqasiz,

odamlarning sizga ishonchi ortadi,

stressni pasaytiradi,

o‘zingizga ishonchingiz ortadi,

e’tiborliroq bo‘lasiz,

turmush o'rtog'ingizning sizga muhabbati oshadi.

Atir tanlash ham bir san'atdir, lekin uning sirlaridan barcha ayollar ham xabardor deb aytish qiyin. Shu sababli esa ko'pchilik o'zlariga mos tushuvchi aromat tanlashni bilishmaydi va bu imkoniyatlarni qo'ldan chiqarishadi. Biz esa sizga bu xaqida batafsil ma'lumotlar berib boramiz

Shuni yodda tutingki, atir ifori qalbingizning eng nozik nuqtalarini zabt etishi lozim. Shundagina sizning iforingiz ekanligini anglab yetasiz
1.7K views14:25
Ochish/sharhlash
2019-08-19 10:09:44 ​​ AYOLLARGA MASLAXAT!

Baland poshnada oson yurish uchun kechqurin uxlash oldidan o'rtancha barmog'ingiz bilan nomsiz barmog'ingizni leykoplastir yordamida birlashtirib qo'ying.
Bu usul sizni kun davomida qiyinchiliksiz yurishingizni taminlab beradi
1.6K views07:09
Ochish/sharhlash
2019-08-19 06:35:09 ​​ Hayrli kun azizlar!

Butunlay o'zgaraman deganlar ko'pchilikmi?

Hammasini hafta boshidan, ya'ni Dushanbadan boshlamoqchi bo'lganlarda hech nima o'xshamaydi.
(Uzr, kimnidir rejasini buzgan bo'lsam )

O'zgarmoqchimisiz, unda aynan hozirdan boshlang!!!

Hammaga hayirli va barokatli kun tilab qolaman
1.6K views03:35
Ochish/sharhlash
2019-06-17 13:24:37 ​​‌ Jaziramada ajinlarga qarshi muolajalar
1 osh qoshiq zaytun yoği +2 osh qoshiq qaynagan suv bilan 2ta nam salfetka
1 dona tuxum sariģi+ 1 choy qoshiq zaytun yoği +yarim choy qoshiq limon sharbati +1 choy qoshiq achchiq damlangan choy.
1
osh qoshiq zaytun yoģi va yumshoq paxta
Qoshiqni qaynoq suvga solib, sochiqda arting. Qizigan qoshiqni zaytun yoģiga botirib olib qoshiqni botiq tarafi bilan yuz terisini yengil uqalang. Sung nam salfetkani yuzingizga qõyib, 15 daqiqa dam bering. Muolaja 10 kun davomida 2-3 marta bajariladi.
Tuxum sariģi limon sharbati, zaytun yoği va qora choyni qo'shib, aralashtiring. Hosil bo'lgan niqobni yuzingizga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Sung iliq suvda chayib olasiz. Bu niqobni haftada 1 marta takrorlash kifoya.
Kun ora 3-4 kunda bir marta kechqurun yumshoq paxtaga zaytun yog'ini tomizib, yuz terisiga asta suring va qul barmoqlari bilan ajin ustini tekislang.
@BeautySecretsSR
2.6K views10:24
Ochish/sharhlash
2019-06-17 06:12:31 ​​​​#maslahat

Har kuni ertalab kontrast (ham muzdek va ham qaynoq)suvda dush qabul qilish, insonni tetik bo'lishiga va energiyaning oshishiga yordam beradi.

Hayirli tong azizlar. Boshlangan yangi kuningiz zavqli va maroqli o'tsin

@BeautySecretsSR
2.1K views03:12
Ochish/sharhlash
2019-06-15 09:01:13 ​​#maslahat

Yosharishni istaysizmi?
SUV ICHING


Ajin tushishning oldini olish, yoshlikni asrab qolish uchun mutaxasislar terini doimo namlantirib turishni maslahat berishadi. Teri uzoq vaqt namlikni yo'qotmaslik uchun suv ichish kerak bo'ladi. Masalan, ajin tushganda terida qichishish paydo bo'lganda, kuniga boshqa suyuqliklardan tashqari kamida 1,5 litr suv ichish lozim. Jaziramada esa suv qabul qilish miqdorini 2-3 litrga oshirish kerak bo'ladi.
Bundan tashqari ertalab och qoringa bir stakan distillangan suv ichish organizmi ortiqcha shlaklardan tozalaydi.
Shularga doimiy ravishda amal qilib borsangiz o'zingiz istagan natijaga erishasiz.
2.4K views06:01
Ochish/sharhlash
2019-06-14 14:00:02 ​​Asabiylashganda yordam beruvchi mashg'ulotlar
1.9K views11:00
Ochish/sharhlash