Get Mystery Box with random crypto!

​​KUZ FASLIDA YUZ PARVARISHI Insonning yuz terisi boshqa fasl | SEVARA | BEAUTY SECRETS

​​KUZ FASLIDA YUZ PARVARISHI

Insonning yuz terisi boshqa fasllardan kora, kuzda ko'proq parvarishga muhtoj bo'lishi hech kimga sir emas. Kuzgi parvarish aslida 4 qismga bo'linadi.
Bular: himoya, namlantirish, to'yintirish, tozalash.

Maqolamiz esa aynan kuz fasloda terini to'g'ri parvarishlash haqida.

Qanday krem tanlasam ekan?
Kuz faslida ishlatadigan kremni tanlashdan oldin uning qadogida "himoyalovchi" , "qayta tiklovchi" yozuvlari borligiga ishonch hosil qiling. Bunday kremlar yuz terisida tashqaridagi ob havodan asraydigan ko'rinmas devor hosil qiladi.

Qancha yog'li bo'lsa shuncha yaxshi
Kuzgi kosmetika vositalari yog'li bo'lgani yaxshi faqat me'yorida. Masalan yuz terisiga xaddan ziyod surilgan yog'li krem havo yetmaydigan joyda teriga salbiy ta'sir ko'rsatib husunbuzarlar sonini orttirishi mumkun.

Oqarishga shoshilmang
Kuz kirib kelishi bilan negadir ko'pchilik terisini oqartirishga kirishib ketadi. Mutaxasislar oqartiruvchi muolajalardan oktyabr oyidan boshlab foydalanishni tafsiya qilishadi. Negaki quyoshli kunlarga boy sanalgan sentyabr oqartiruvchi muolajaning teskari ta'sir ko'rsatishiga sabab bo'lishi mumkun.

Mevalar haqida unutmang
Avvalo yozning issiq kunlari sharofati bilan yetilib pishgan mevalar haqida unutmang. Kuz kunlarida terini to'g'ri namlantirishning eng oddiy yo'li - kundalik taomnomalarga mevalarni kiritishdir. Bu paytda, ayniqsa, C vitaminiga boy mevalar ko'proq tanovul qiling. Oltin kuzning oltin mevasi hisoblanmish olma bu borada sizga yordam beradi. Olma nafaqat terining chiroyli bo'lishida, balki qomatni yanada ko'rkam qilishga yordam beradi.

Aziz ayollar yilning har faslida o'zingizga e'tibor qaratishni unutmang. Har biringiz go'zal va latofatli bo'lishga loyiqsizlar