Get Mystery Box with random crypto!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi bila | Xorazm | BBA

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi bilan tanishing

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi tub yangilanishlarni, shuningdek, mazkur sohalarning taraqqiy ettirilishidan koʻzda tutilgan ulugʻvor maqsadlarni ifodalaydi.

Logotipning umumiy koʻrinishida Prezident Shavkat Mirziyoyevning gʻoyalari asosida “ilm-fan va innovatsiyalar uyi” sifatida barpo etilgan, bugungi kunda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi joylashgan yangi, zamonaviy bino aks ettirilgan.

Logotip oʻrtasidagi unib-oʻsayotgan yorqin yashil rangli nihol mamlakatimizda talabalarni, izlanuvchan va tadqiqotchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini ifodalaydi. Uning atrofidagi doiralarning quyosh shaklida niholga nur taratmoqda. Bu – ilm-fan nuridir. Shu bilan birga nihol va nur innovatsiyalar ramzi boʻlish chiroq shaklini ham eslatadi.

Mazkur timsollar tevaragida bilim manbai boʻlmish kitoblar tarhi tasvirlangan.

Logotipning ust qismidagi qalin chiziq – mamlakatimizda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar ravnaqi davlat himoyasi ostida ekanini urgʻulaydi. Qobiq ustida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi tasviri ushbu gʻoyani tugal aks ettiradi. Logotipning pastki qismidagi eshik taʼlim va ilm-fan eshigi yurtimizning barcha aholisiga ochiq ekanini anglatadi.

Logotipning asosiy ranglari moviy va yashil boʻlib, moviy rang – samoning timsoli, yashil rang esa unib-oʻsish, yangilanish va kamolga erishishni ifodalaydi.