Get Mystery Box with random crypto!

Arab tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizim | Xorazm | BBA

Arab tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2023-yil 17-mart kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan arab tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

Test sinovi Toshkent shahrida tashkil etiladi va unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 11-mart kuni 9:00 ga qadar (to‘lov qilish — 12-mart 10:00) amalga oshiriladi.

Murojaat uchun telefonlar:
(95) 515-68-68
(95) 507-70-72

Telegram