Get Mystery Box with random crypto!

Daydilar qaytib ketishgach, Rasululloh (s.a.v.) bir oz dam oli | Bayyina books📚

Daydilar qaytib ketishgach, Rasululloh (s.a.v.) bir oz dam olish maqsadida yo‘l ustidagi bog‘ning chekkasiga borib o‘tirdilar. Qo‘llarini ochdilar. Mavloi Zuljalolga iltijo qila boshladilar:
— Ollohim, quvvatim ozligini, chorasiz qolganimni faqat senga arz etaman, odamlar orasida bu qadar xor bo‘lganimdan yolg‘iz Senga shikoyat qilaman. Ey marhamatlilarning marhamatlisi Ollohim! Dorga osilganlarning, ezilganlarning va mening ham Rabbim sensan! Menikimlarga yo‘liqtiryapsan? Ifloslarcha qarshilagan g‘urbat elgami yoki dushmanlargami topshirding ishimni?! Agarku, Sen men bandangga g‘azabnok bo‘lmasang, bu aziyatlarga parvo ham qilmayman. Biroq Sendan keladigan salomatlik va quvvatga yanada intizorman.G’azabingga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, Sening nuringga sig‘inamanki, zulmatlarni ziyoga aylantirgan, dunyo va oxirat ishlarini tartibga solgan narsa Sening o‘sha nuringdir. Toki Sen rozi bo‘lguningga qadar biz har jihatdan Sendan xushnud va mamnunmiz. Kuch va qudrat yolg‘iz Senga oiddir.

@bayyina_books