Get Mystery Box with random crypto!

OPPOQ YALOV Qish tikkandi oppoq yalov Qalbimizning qal'asiga. | BAXT QASRI psixologiyasi

OPPOQ YALOV

Qish tikkandi oppoq yalov
Qalbimizning qal'asiga.
Dilda otash, ko'zda olov,
Jo'r bo'ldi nay nolasiga.

Izlarimiz terar edi
Nigohlarim qor qo'ynida.
Shoda yulduz uchib keldi
Qarog'imga tun bo'ynidan.

Oq libosli bog'da kezib,
Ishq dostonin bitar edik.
Ismimizla qorxat yozib,
Orzularga tutar edik.

Olloh bugun bizni siylar,
Baxt saroyin bekasiman.
Ikki dil bir qo'shiq kuylar,
Hayotingiz erkasiman.

Dilafro'z ChORIYEVA

@Dilafruz_Choriyeva