Get Mystery Box with random crypto!

#Kitobdan_parchalar Remark. 'Uch og‘ayni' romanidagi tagiga c | Baxtli maktab

#Kitobdan_parchalar

Remark. "Uch og‘ayni" romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar

✓ Hozirgi yoshlarga hayronman. O'tmish sizlarga yoqmaydi, bugungi kundan nafratlanasizlar, kelajak bilan ishinglar yo'q.

✓ Nafosat va buyuk san'at asari bo'y ko'rsatib turganda odamlarning bachkana qiliqlari, imo-ishoralari
g'ashni keltiradi.

✓ Muhabbat inson vujudida paydo
bo'ladi, lekin hech qachon bu vujudda tugamaydi. Hatto hamma narsa: inson ham, muhabbat ham, baxt ham, hayot ham bari to'la-to'kis boʻlgani bilan, allaqanday dahshatli qonunga ko'ra, mudom kamday tuyulaveradi, bular nechog'li ko'p koʻrinmasin, aslida judayam oz.

✓ Bir narsaga ega bo'lish aslida
yoʻqotishdir. Hech qachon hech narsani tutib qolish mumkin emas, hech qachon! Jaranglab turgan vaqt
zanjirini hech qachon uzib bo'lmaydi, hech qachon bezovtalik oromga, izlanish sukunatga aylanmagan, tubanlashish hech qachon to'xtamagan.

✓ Ko'p ayollar pul vajidan sevib qolishadi. Sevgi esa aksariyat erkaklarni ochko'z qilib qo'yadi.

✓ Inson ahd qilishga hamisha usta. Lekin ahdini bajarishga emas. Uning afsunkorligi ham mana shunda.

✓ Erkak kishi yolg‘iz muhabbatga suyanib yashay olmaydi. U azbaroyi boshqa odamni deb yashashga qodir.

✓ Shoshmaslik - puxtalik. Puxta narsa esa hamisha yaxshi bo'ladi.

✓ Bizning davr tuyg'ularni ifoda etadigan so'zlarni hali topmagan. Bu zamona faqat odobsizlikni biladi, xolos, qolgan barchasi sun'iy.

✓ Ba'zan hech narsa to'gʻrisida o'ylamasang, biron ishga qo'l urmasang, kimgadir suyanishing mumkinligini his etsang o'zingni qushday yengil sezasan. Oddiy narsalar bular, faqat hayotimizni oʻzimiz murakkablashtirmasak bas!

Zavqlaning orzu qiling:
https://t.me/baxtlimaktab