Get Mystery Box with random crypto!

Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q! 2021-yilda o‘qish uchun o‘zimga k | Baxtli maktab

Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q!

2021-yilda o‘qish uchun o‘zimga kitoblar ro‘yxatini tuzib olganman. Yil davomida ro‘yxat boyib borishini hisobga olgan holda, bu yil 40 ga yaqin kitob mutolaasi rejamda bor.

Ko‘pchilik kitob o‘qishga vaqtim yo‘q deb hisoblaydi. Keling, hisob-kitob qilib ko‘ramiz. Bir yilda 365 kun bo‘lsa, siz shundan faqatgina 250 kunida bor yo‘g‘i 10 betdan kitob varaqalasangiz ham yil davomida o‘rtacha 7-8 ta kitobni o‘qib qo‘ygan bo‘lasiz. Buning uchun esa 1 kunda 30 daqiqa vaqt ajratishingiz kifoya.

Birdaniga ko‘p o‘qib o‘zingizni kitobdan bezdirmang. O‘qigingiz kelgan vaqtda 5-10 bet o‘qib qo‘ying. Sekin asta bu mashg‘ulot o‘zingizga ham yoqib qoladi. Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q demang. Bu vaqt sizda bor faqat uni boshqa ishga sarflayapsiz.

Agarda men kuniga 35 betdan o‘qib borsam yillik kitobxonlik maqsadimga bemalol erisha olar ekanman. Maslahatim, kitob o‘qish bo‘yicha rejangiz bo‘lmasa siz ham o‘zingiz uchun bunday ro‘yxatni shu hafta yakuniga qadar albatta tuzing. Istasangiz bu borada sizga men ham yordam beraman.

Kanalimizga ulanish:
https://t.me/maktab_psixologidan