Get Mystery Box with random crypto!

Baxtiyor.uz

Telegram kanalining logotibi baxtiyoruz — Baxtiyor.uz B
Telegram kanalining logotibi baxtiyoruz — Baxtiyor.uz
Kanal manzili: @baxtiyoruz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.48K
Kanalning ta’rifi

Baxtiyor.uz saytining telegram kanaliga xush kelibsiz. Ushbu kanal orqali eng dolzarb talim yangiliklaridan boxabar bo'lib borasiz.
Murojaat uchun: @baxtiyoruzadminbot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-25 09:47:15 O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun muhim yangilik

Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga endi faqat besh yil ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglar qabul qilinadi.

2023-2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga faqatgina kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi.

Mazkur qarorga ko‘ra 2023-2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining matematika va informatika, fizika va astronomiya, kiyo, biologiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, o‘zbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha), o‘zbek tili guruhlarda o‘zbek tili, xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), chaqiriqqacha harbiy ta’lim, maktab menejmenti, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha) va maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

O‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
7.5K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-04-24 08:01:17 O‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha eng yaxshi chora

O‘quvchilar davomatini yaxshilash bo‘yicha eng yaxshi chora bu davomotni avtomatlashtirishdir.




Ma’lumki, maktab o‘quvchilarining davomatini yuritish Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 3 oktabrdagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yuritish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” bilan tartibga solinadi.

Bu usul ancha eskirganiga qaramay, biz hali ham undan foydalanib kelyapmiz. Aniqrog‘i o‘zimizni-o‘zimiz aldab yuribmiz.Chunki o‘quvchilar davomati o‘ta achinarli darajaga yetgan. Faqat «komissiya» kelgandagina yuqori sinf o‘quvchilari maktabga kelishga odatlanib bo‘ldi.

Tan olib aytishimiz kerak hozir ta’lim muassasalrida davomat masalasi achinarli holga kelib bo‘ldi. 10-11 sinfni qo‘yib turaylik, hatto, 7-9 sinf o‘quvchilari ham maktabdagi darslarga emas, repititorga borishni afzal ko‘rmoqda.

Ming afsuski, o‘quvchilarni ta’limga qaytarish uchun qilinayotgan harakatlarning barchasi besamar ketmoqda. Inspektor-psixologlar ham hech nima qilolmayapti. Chunki amaldagi tizim faqat pedagog xodimlarni ayblaydi. Hozir bunga tuzatish kiritilmasa keyin kech bo‘ladi.

Shuning uchun o‘quvchilar davomatini avtomatlashtirish kerak. Buning uchun kundalik.com platformasidan foydalansak bo‘ladi. Maktabga kelmagan o‘quvchining ota-onasiga jarimalar qo‘llashda inson omilini kamaytirish lozim.

Haydovchilarga qoidani buzganlik uchun jarimlar qanday qo‘llanilsa, dars qoldirgan o‘quvchining ota-onasiga ham shunday tartibda jarimalarni qo‘llash kerak. Shundagina o‘quvchilar ham ularning ota-onalari ham maktab ma’muriyati bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladi.

Manba: Xalq ta'limi Info

Bizning kanal
https://t.me/baxtiyoruz
19.6K views05:01
Ochish/sharhlash
2022-03-02 19:09:53 Mutaxassis kuchli bo'lsa ham nega yondosh fanlardan dars berish mumkin emas?

Ushbu murojaat foydalanuvchidan kelgan bo'lib tahrirsiz taqdim qilinmoqda. Biz bu morojaatni haqli deb hisoblaymiz va vazirlik tomonidan munosabat bildirishlarini kutib qolamiz.

Assalomu alaykum hurmatli admin. Sizdan ba'zi masalalarda maslahat olmoqchi edim.
Men O'zMUning fizika fakultetini tamomlaganman. Toifam oliy. Ilgari "Mutaxassis" degan to'siq qo'yilishidan oldin matematika va informatikadan ham dars berar edim. U fanlardan ham toifam oliy edi. Deyarli har yili fan olimpiadalarida viloyatgacha qatnashib munosib o'rinlarni egallab kelar edik. Lekin, bu fanlar bir biri bilan qanchalik bog'liq bo'lmasin ularni ajratib, alohida mutaxassislik deb hisoblashdi.
Hozirgi paytgacha bu fanlarga juda qiziqaman. Matematika va fizika fanlaridan repetitorlik qilaman. Yuzlab shogirdlarim OTMga kirishmoqda, tamomlab o'z mutaxassisligi bo'icha ishlashmoqda ham. Informatikadan ta'lim uchun bir qancha dasturlar yaratganman va ularning ko'pchiligi allaqachon ommalashib ulgurgan. Bu fanlar bo'yicha tumanda o'z o'rnimga egaman.
Meni qiziqtiradigan narsa shuki, nega shu kabi malakali o'qituvchilarga yondosh (matematika, informatika) fanlardan dars berilmaydi. Arziydigan sababni topolmasdan qiynaldim.
Misol uchun, mutaxassis matematik yoki informatikka nisbatan shu fanlarni ulardan ko'ra ancha yaxshi biladigan fizika o'qituvchisi bor bo'lsa-yu, unga dars berish ta'qiqlansa, bundan kim yutadi?! Dars o'z o'zidan bilimsizlarga berilmaydimi?!
Bu kabi holatda bilimsiz "mutaxassis" raqobatsiz dars berishi mumkinligidan o'z ustida ishlamasligi aniq. Chunki, unga darslar kafolatlangan. Eng yomoni yondosh fanlar ham o'z yo'nalishidan boshqa yo'nalishlarni o'rganishdan to'xtaydi. Bu esa orqaga ketish degani emasmi?!
Shundan ko'ra raqobatni kuchaytirish uchun yondosh fanlarni, balki boshqa fanlarni ham (masalan men geografiya, kimyo fanlariga ham juda qiziqaman) o'rtaga qo'yib, "zo'r bo'lsang raqobatda yutib ol va darslarga egalik qil" deyish kerak emasmi?! Shunda darsini oldirib qo'yishdan qo'rqqan o'sha "mutaxassis"larning o'z ustida ishlashi kuchayarmidi?
Xulosa shuki, hozirgi paytda attestatsiya, imtihon, test kabilar yordamida haqiqiy mutaxassisni saralab olish muammo emas. Shunday ekan qonunchilik "qog'ozi" bor mutaxassisdan ko'ra bilimi bor mutaxassislardan foydalanish usullarini ko'rib chiqishni yo'lga qo'ysa yaxshi bo'larmidi?!
Masalan bizning maktabda fizika darslari kam, boshqa darslarni o'tosh menga qonunan ta'qiqlangan. Shu tufayli maktabni tashlab ketsam kim yutadi? Menga o'xshaganlar ko'pchilik bo'lsachi? Ta'limning ahvoli ne kechadi?
Agar fikr va taklifim ko'rib chiqishga arziydi, deb hisoblasangiz kengroq variantini taqdim qilishim mumkin.
Men bu fikrlarni ishsiz qolayotganimdan emas, balki, ta'limning orqaga ketayotgani uchun yozdim. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.

Bizning kanal
https://t.me/baxtiyoruz
22.7K views16:09
Ochish/sharhlash
2022-03-01 19:35:50 O‘Qituvchilar Malaka Oshirishga Chiqishi Majburiymi?

Savol: Men matematika fani o‘qituvchisiman. Yaqinda metodistimiz malaka oshirishga chiqishim lozimligini aytdi. Meni esa malaka oshirishga chiqishga ehtiyojim yo‘q. Umuman malaka oshirish kurslariga chiqmasam bo‘ladimi? O‘qituvchilarning malaka oshirishga chiqishi majburiymi?

Javob: Pedagog xodimlar egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi uchun asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirishga chiqishi zarur.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagog xodimlar asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.

Soddaroq tilda tushintiradigan bo‘lsak, pedagog xodim o‘z qaqtida malaka oshirish kurslariga chiqmasa egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.

Shu sababli pedagog xodimning ta’lim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.

Manba: Xalq ta'limi Info

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
19.3K views16:35
Ochish/sharhlash
2022-02-22 05:26:00 Nyu-Yorkdagi o'zbek maktabida odobnoma darsi o'tiladi

Bugungi kunda O'zbekistondan AQShga borib yashayotgan o'zbek oilalari farzandlari hamda boshqa qiziquvchilar uchun Nyu-York shahrida o'zbek tili o'quv markazi faoliyat olib boradi.
Ko'p yillar Samarqanddagi oliy o'quv yurtlarida, pedogog xodimlarning malakasini oshirish institutida faoliyat ko'rsatgan, ayni paytda esa Amerikada yashayotgan filologiya fanlari nomzodi, dosent Abduvohid Xudoyberdiev ana shu maktabda saboq beradi.  Bu haqda UzA yozmoqda.
Domla 2015 yilda “gren kart” bilan okean orti mamlakatiga ketgan va o'sha erda mehnat faoliyatini olib bormoqda. O'sha erda turib “Amerikadan maktublar”, “O'zbek tili dunyo kezmoqda” deb nomlangan kitoblar yozdi. Bu kitoblarda AQShda yashayotgan o'zbekistonliklar va o'zbek millatiga mansub kishilarning hayot tarzi, oila va farzandlar ta'lim-tarbiyasi, milliy an'ana va qadriyatlarimizga, o'z ona tilimizga munosabati haqida so'z yuritgan edi. 

Abduvohid aka ikki yil oldin yurtimizga kelganida hozirda AQShda yashayotgan o'zbek oilalarida tug'ilgan farzandlar ona tilimizni bilmasligi, milliy urf-odatlar ham unutilib borayotgani haqida kuyinib gapirgan edi. Shu bois AQShning ko'plab shtatlaridagi o'zbeklar jamiyatlari tomonidan milliy bayramlarimiz birgalikda nishonlanayotgani, turli qadriyatlar davom ettirilayotganini aytgandi. Xususan, Nyu-Yorkdagi vatandoshlarimiz tashabbusi bilan o'zbek tili o'qitish maktabi tashkil etilgani va o'zi ham shu maktabda o'quvchilarga saboq berayotganini bildirgandi. Yaqinda Abduvohid akaning “Nyu-York maktabida odobnoma” deb nomlangan darsligi nashr etildi. O'zimizning maktablarimizda ham odobnoma darsi o'tiladi. O'quvchilarga yoshligidan milliy tarbiya beriladi, ota-onaga, kattalarga munosabat, ko'cha-ko'yda odamlar bilan muomala madaniyati va boshqa shu kabi xususiyatlar o'rgatiladi. Shu jihatdan “Nyu-York maktabida obodnoma” biroz farq qiladi. Avvalo, kitobda Alisher Navoiy asarlaridagi ilohiy ishqning mohiyati, Ahmad Farg'oniy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Burhoniddin Marg'inoniy singari allomalarning hayoti va faoliyati, sohibqiron Amir Temurning oila va farzand ta'lim-tarbiyasiga oid qarashlari, muqaddas Islom dini g'oyalari sodda va tushunarli tilda bayon etilgan. Shuningdek, O'zbekiston xalq yozuvchilari Tohir Malik, Muhammad Ali va boshqa ijodkorlarning asarlaridan namunalar keltirilgan.  

Misol uchun Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobidan “Pul go'yo o'tkir qilich, do'stlik zanjirini kesadi”, “Inson baxtiyor bo'lishi uchun yaralgan, boy bo'lish uchun emas” singari hikmatli so'zlar keltirilgan. Shuningdek, mehmonda va dasturxon atrofida o'tirish odoblari sanab o'tilgan: taomni kam eyish foydali, taomni yoshi kattalar boshlashi kerak, non ikki qo'l bilan sindiriladi. E'tiborlisi, kitobda muhojirlikda yashashning ham o'ziga xos tartib-tamomillari borligi bayon etilganki, bu mutlaqo boshqa turmush tarzi, boshqacha muomala-munosabat qaror topgan davlatda o'zga bir yurtdan borgan kishilar va ularning farzandlari uchun juda kerakli tavsiyalardir.  

Darslikda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va boshqa ajdodlarimizning bolalik yillari, ular bilan bog'liq ibratli hikoyalar ham keltirilgan. Balki, kitobda yozilgan pand-nasihatlarni ota-onalar oila davrasida farzandlariga aytar, ular onggiga singdirib borar. Lekin maktabda o'z tengdoshlari bilan birga bu kabi odob-axloq me'yorlarini o'rganib borish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir qilishi shubhasiz.  

Umuman, bugun dunyo globallashib, farzandlarimiz ko'p vaqtini internetda, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib o'tkazayotgan paytda ularni boshqalar emas, o'zimiz tarbiyalashimiz, o'zimizga xos an'ana va qadriyatlarimizni o'rgatishimiz, ular yurtda yoki xorijda bo'lishidan qat'iy nazar o'zligini anglashiga, hayotda to'g'ri yo'lni topishiga yordam beradi. Bu aslo, kimlardir jar solayotganidek erkinlikni cheklash emas.

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
19.5K views02:26
Ochish/sharhlash
2022-02-21 04:21:15
21 FEVRAL - XALQARO ONA TILI KUNI

YUNESKO tashkiloti tomonidan  21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda  keng nishonlanib kelinmoqda.

Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma'naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.

Ona tilimizni sevuvchi do'stlarga yuboramiz.

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
18.5K views01:21
Ochish/sharhlash
2022-02-20 08:51:32 Bahorda immunitetni ko'tarish yo'llari

Mavsum boshida vitaminlar yetishmasligi, immunitet pasayishi kuzatilishi mumkin. Qanday sqilib bahorda immunitetni ko‘tarish mumkin?
Qish oxiri va bahorning dastlabki haftasi - avitaminozlar, kuchsizlanish va immunitet tushib ketishi vaqti. Quyida Sputnik Gruziyaning bahorda immunitetni ko‘tarish bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashamiz.
Ko‘proq quyosh nurlaridan bahramand bo‘lish, to‘yib uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish - mana bahorda immunitetni ko‘tarish uchun nima qilish kerak.
Mutaxassislarning ta’qidlashicha, D vitamini miqdoriga alohida e’tibor qilish lozim. Odatda qishdan keyin organizmda D vitamini tushib ketadi va immunitet bundan aziyat chekadi.
Shuningdek, kun tartibiga jismoniy faollikni ko‘shish yaxshi natija beradi. Qiyin va murakkab mashqlar bilan shug‘ullanish shart emas. Ochiq havoda o‘ttiz daqiqalik sayr ham organimzga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmni kislorodga to‘yintiradi.
Bundan tashqari, uyquni me’yorlashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Qishda inson quyosh nurlarini kam ko‘radi. Bundan esa gormonlarda muammolar kuzatilishi mumkin.
To‘g‘ri ovqatlanish haqida unutmaslik lozim. Meva va sabzavotlar har kungi rasionda bo‘lishi lozim. Va albatta, yaxshi kayfiyat haqida ham ko‘proq o‘ylash lozim. Kamroq stress va ko‘proq yaxshi kayfiyat.

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
13.4K views05:51
Ochish/sharhlash
2022-02-20 06:52:59 O'quvchi ixtirosi: Tikodan samosval yasaldi

Andijonning Paxtaobod tumanida havaskor mexanik “Tiko” avtomobilini 2,5 tonna yuk tashib ag'daruvchi samosvalga aylantirdi. Qizig'i, bu ixtiro muallifi – 12 yashar Hayitali Orifjonov. Bu haqda kun.uz yozmoqda.
Hayitali Orifjonov Paxtaobod tumanining Qumshaydon mahallasida yashaydi. 69-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabining 6-sinfida o'qiydi.
To'g'risi, avvaliga Hayitalining mana shu yoshda engil avtomobil va motosikl detallaridan yuk mashinasi yaratgani aniq ishonmadik. Lekin u bilan suhbat davomida fikrimiz o'zgardi.
“Bu kichik yuk mashinasini dadam bilan birga yasadik. G'oya meniki. Dadam katta yuk avtomobillari, avtobuslar tuzatadi. “Motor”, “xodovoy” qiladigan usta. Bolalagimdan temir-tersaklar ichida o'sdim. Men motosikllarga qiziqaman. Uyimizda “Munis” yuk tashiydigan motosiklimiz bo'lib, u og'ir yuk ko'tara olmay doim orqa kuzov ostidagi ramasi sinib qolardi. Dadamga “keling dada, “Munis”ni ramasini kuchaytirib, “Tiko” matorini o'rnataylik. Yuk ag'daradigan samosval teraylik” dedim. Shu bilan 6 oyda shuni yasadik.
Bu meni birinchi ishim emas. Bundan oldin nogironlar aravachasi va “Matiz” va motosikl detallaridan xuddi shunaqa yuk mashinasi yasaganman. Buxoroga 25 million so'mga sotib yuborganmiz.
 Kimdir “mana shu mashinani 12 yoshli bola yasaganiga ishonmayman?”, deyishi mumkin. Xohlasa kelib ishlarimni ko'rishi mumkin”, – dedi Hayitali Orifjonov.
Hayitali bizga mashinasi qanday detallardan tashkil topgani bilan tanishtirdi:
“Orqa kuzov ramasi “Kamaz” mashinasiniki, “Gidrobachok” va mashinani gidravlika qismi “Munis”dan olingan. Motor, ya'ni dvigatel “Tiko”niki. Rul “Matiz”niki, o'rindiqlar eski avtobusga tegishli. Oldi kuzov ham “Tiko” avtomobilidan olingan”.
Hayitali o'z mashinasini “Tiko-pekap” deb nomlabdi. Mashinani boshqarish juda qulay.
“O'g'lim men avtomobil ustasi bo'lganim uchun temirlarni ichida katta bo'ldi. Doim nimadir ixtiro qilishga qiziqadi. Ishonsangiz hozir o'zi motosikl “motor”ini tuzatib qayta yig'a oladi. Uchta shunaqa yangilik yasadi. Nogironlar aravachasi, velosiped va “Matiz”dan yuk tashiydigan mashina. Uchalasi ham ishlayapti.
Bilasiz qishloqda yuk mashinasiga ish ko'p. Shuning uchun o'g'lim motosikl va “Tiko” avtomobili detallaridan yuk tashib, o'zi ag'daradigan mashinaga urinishni boshlagach, yaqindan yordam berdim. O'xshadi. 2,5 tonna yuk ko'taryapdi. Unda qurilish materiallari – g'isht, guvala, qum, shag'al, shifer tashish juda qulay”, deydi uning dadasi Soyibjon Hasanov.
Shuni aytib o'tish kerak Hayitali va uning akasi Abdulaziz “Vatanparvar” tashkilotida sportning “karting” turi bilan ham shug'ullanishadi. Abdulaziz yoshlar o'rtasida viloyat chempioni.
Paxtaobod tuman hokimligi yosh qahramonimizni be'etibor qoldirmadi. Uni voyaga etkazgan onasiga qimmatbaho sovg'ani bizning ishtirokimizda topshirdi.  
Biz ixtirochi va uning dadasi bilan yangi samosvalni ish ustida sinab ko'rdik. Yangi “Tiko-pekap” 2 tonna qumni yuklab, yaxshi tezlikda boshqa joyga olib borib to'kdi. Hech qanday texnik kamchiliklar bo'lmadi. Mashina sinovdan zo'r o'tdi, hisob.
Yoshlar ichidan mana shunday ixtirochilar etishib chiqishi quvonarli holat. Qaniydi, yurtda minglab, o'n minglab izlanuvchan, yangilik yaratishga shijoatli Hayitalilar bo'lsa. Biz yosh mexanikka kelgusida omadlar tilab qolamiz.

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
11.8K views03:52
Ochish/sharhlash
2022-02-12 07:39:53 Namanganda o‘qituvchiga mukofot olib berish evaziga pul talab qilgan direktor ushlandi

2022 yil 4 fevral kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktab o‘qituvchisi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktab direktori, 1986 yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, viloyat xalq ta’limi boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali “Xalq ta’limi a’lochisi” davlat mukofotini olib berishini aytib, evaziga 150 AQSh dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB JQB KIJQKB tezkor vakillari va IJQKD viloyat boshqarmasi xodimlari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ayol Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan kafeda arizachidan 1.650.000 so‘m pullarni olgan vaqtda ushlangan.

Bu haqda aniq.uz nashri xabar bermoqda.

Ushbu holat bo‘yicha IJQKD viloyat boshqarmasi tomonidan 2022 yil 7 fevral kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
12.0K views04:39
Ochish/sharhlash
2022-02-11 18:30:40 Sinf rahbarlari «sinf soati» uchun konspekt yozishi kerakmi? to‘garak rahbarlarichi?

Savol: Ma’lumki, o‘qituvchilar konspekt yuritishdan rasman ozod qilingan. Bunda sinf rahbarlari ham "Sinf soati" uchun konspekt yuritishi shart bo‘lmaydimi? Undan tashqari to‘garak rahbarlari ham to‘garak mashg‘ulotlari uchun konspekt yuritishi shart emasmi?

Javob: Bu savol juda ko‘pchilikni qiynaydi. Haqiqatdan ham mazkur masala bo‘yicha aniq bir holat aytib o‘tilmagandi. O‘tgan davr mobaynida sinf rahbarlari «Sinf soati» uchun albatta konspekt yozishi shart bo‘lgan. Chunku u paytda o‘qituvchilar konspekt yozishdan ozod qilinmagandi. Shuning uchun sinf rahbarlari ham konspekt yozgan.

Ho‘sh endichi? Hozir bu borada qanday yo‘l tutish lozim? Sinf rahbarlari konspekt yozadimi yoki yo‘q?

Ma’lumki, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 3058-I-sonli qarorga ko‘ra o‘qituvchilar faqat sinf jurnalini yuritadi.

Sinf rahbarlari Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq sinf rahbari daftari va maktabning ichki ro‘yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og‘ir va surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar bilan amalga oishirlgan ishlar yig‘ma jildini yuritadi.

Demak sinf rahbarlari ham sinf soatida konspekt yozmaydi. Ammo ta’lim sifatini oshirish maqsadida "Sinf soati"da tarqatma va ko‘rgazmali material hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi zarur.

Shu o‘rinda to‘garak rahbarlari tomonidan ham to‘garak mashg‘uloti uchun konspekt yozilishi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanmagan.

Manba: Xalq ta‘limi Info

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz
11.4K views15:30
Ochish/sharhlash