Get Mystery Box with random crypto!

Taklif:Yozgi ta’tilda pedagog xodimlarga sayohat uchun yo‘llan | Baxtiyor.uz

Taklif:Yozgi ta’tilda pedagog xodimlarga sayohat uchun yo‘llanmalar berilsa...

«Yaxshi dam - mehnatga hamdam» deganlaridek, birinchi nabatda yoz keldimi, o‘quvchilar ta’tilga chiqdimi hech bo‘lmasa bir oyga hamma maktablarni to‘liq yopish kerak. Majburiy tarzda to‘garak o‘tish, qandaydir soxta oromgohlar tashkillamay barcha pedagoglar birdek hordiq chiqarishi kerak. Yangi o‘quv yili, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikchi demoqchimisiz? Shoshmang, oldimizda yana ikki oylik ta’til bor. Bejizga bir oyga demadim.

Shu bir oylik ta’tilda o‘qituvchilar maroqli dam olishlari uchun har oyda o‘qituvchilar oylik maoshidan avtomatik tarzda 30-40 ming so‘m ushlab qoladigan tashkilot ya’ni Kasaba uyushmasi o‘zini mavjud ekanligini bildirib, pedagog xodimlarga chet elga desam yig‘lab yuborishsa keragu, hech bo‘lmasa O‘zbekistondagi dam olish maskanlariga bepul yo‘llanmalar berishi kerak. 100% foiz hamma o‘qituvchilarga yo‘llanma bergani imkoni bo‘lmasa, hech bo‘lmasa yaxshi ishlagan o‘qituvchilarga shunday yo‘llanmalar bersin.

Direktor, uning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilar mazza qilib dam olib, yil davomida charchagan asablariga dam bersin, maktab tashvishlarini biroz bo‘lsada unutsin. Men o‘qituvchilar bir oy sayohatda yursin demayapman, ularga 10 kunlik sayohat ham yetib ortadi. Qolgan 20 kunini oilasi davrasida o‘tkazsin, hech kim yig‘ilishga chaqirmasin, maktabga ishchi guruhlar, komissiyalar kelmasin.

P.S: Aytaveramiz, gapiraveramiz lekin, man shu muammolarni hal qiladigan bir mard topilmaydi. Mayli, vaqti kelib shunday kunlar ham kelar. Hozircha buni orzu qilib tursak yetadi.

Manba: Xalq ta'limi Info

Kanalga ulanish
https://t.me/baxtiyoruz