Get Mystery Box with random crypto!

AZIZA ABDUSAMATOVA️

Telegram kanalining logotibi baxtbumen — AZIZA ABDUSAMATOVA️ A
Telegram kanalining logotibi baxtbumen — AZIZA ABDUSAMATOVA️
Kanal manzili: @baxtbumen
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.79K
Kanalning ta’rifi

SOG'LOM PSIXIKA | CHUQUR ONGOSTI RASKOPKALARI | OILAVIY MUNOSABATLAR

⭐️ Kurslarimda sevimli, baxtli, olov ayolga aylaning!
⭐️ Psixologlar Assotsiatsiyasi a'zosiman
⭐️ Hech kim mendek raskopka qilolmaydi😉
Murojaat uchun:
@Baxtbumenadmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 17:15:48 Uborkani kim uchun qilasiz?

Uborka-yashayotgan joyingiz tozaligini ta'minlashingizdir.

Ko'p ayollar bu aslida o'zlari uchunligini unutib qo'yishgan. Qayerda ko'rgansiz, malika yoki qirolichaning makoni toza bo'lmaganini?

Siz uyingizni tozalaganda, uyga qo'shib o'z energetik maydoningizni, turli bloklaringizu yopilib qolgan yo'llaringizni ham tozalaysiz.

Oilangizga kirayotgan baraka uy tozaligiga bog'liq. Pul faqat toza joyga kiradi.

Bundan tashqari, bu ayolning ehsonidir. Zikr bilan, to'g'ri niyat bilan qilingan uborka ham ibodat. Dinimiz naqadar go'zal va oson...

O'zimiz uchun bo'lsa, uni ko'rsatib qilish kerakmi? Yo ko'rsatmaymi?

Kimga ekaniga bog'liq

Erga - ko'rsatavermang. Siz qanday bekaligingizni toza uy, yengil energetikadan ham biladi erkak. Uning yonida "siz bechora qanchalik charchashingiz" yoki "qanchalik yaxshi bekaligingiz"ni ko'rsatib qo'yish uchun tinmay ish qilishingiz shart emas.

Uyga kelganda eringizga beka emas, ayoli kerak...

Yonida o'tiring, hol so'rang, massaj qilib qo'ying va hokazo. Qirolingizga mehr, kuch va vaqtingizni hadya qiling.

Farzandlar - albatta ko'rishi kerak. Ular bilan birga vaqt o'tkazishga uborka ham yaxshi variant. Suhbatlashib birga yig'ishtirishingiz mumkin.

Bolalar siz qanday ish qilayotganingizga guvoh bo'lgani, uy tozaligi uchun nimalarga ahamiyat berishingizni ko'rib ulg'aygani ma'qul. Shunda sizning mehnatingizni ham, uyning tozaligini ham qadrlaydi.

Qaynona - ko'rsating ham, ko'rsatmang ham. Siz doim qiladigan, lekin ko'rinmaydigan ishlar: pol artish, chang artish, supurish kabilarni yonlarida qiling. Chunki artilgan joy birozdan so'ng yana chang bo'ladi, supurilgan yerga esa yana barglar to'kiladi.

Natijasi shundoq ham ko'rinadigan ishlarni esa hech kim yo'g'ida, ko'rsatmay qilavering. Kir yuvganingiz haqida dordagi kiyimlar, narsa pishirganingiz haqida stolga tortilgan taomlar o'zi aytaveradi

Siz qanday fikrdasiz?
259 viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:14:50
Yangi post

O'qib fikr bildirsangiz, yangi postlarga ilhomlantirasiz meni.

P/s: Instagramda oxirgi rashkim haqida aytib beraman deb va'da berganman. Yotiiib yozsam kerak hozir. Sizgayam qiziqmi?
193 views14:14
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:09:41
Dengizga o'xshaydi a?
205 views14:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:04:36
Azot sevib qoladigan narsa ekan-da o'ziyam
210 views14:04
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:51:03
Assalomu alaykum, azizalarim

Aktiv bo'lgan kunni yakunladim (hali vaqtlimi? ) Mening kunim charchaganimda yakunlanadi, soatini farqi yo'q

Dumalab yotibman endi

Sizni esa sog'indim...

Yozing, biroz gaplashaylik. Siz nimalar qildingiz bugun?

"YANGI MEN" darslarini eshityapsizmi?

Mavzuni o'zlashtirganingiz haqida bir narsalar devorsez, keyingi mavzuni joylardim
257 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:55:06 Iltimoslarga binoan, Go'zal Abilovaning telegramlari

@guzalzur
690 views05:55
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:34:22
"Hayotim meni qoniqtirmaydi! O'zimga mos bo'lmagan joydaman" deganlar eshitsin
832 views19:34
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:31:58
"Munosabatlarda ayol salomatligining ahamiyati"

Psixologlar Assotsiatsiyasi a'zosi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ekspert Aziza Abdusamatova
https://www.instagram.com/psixolog_aziza_abdusamatova/

Xalqaro intimfitness trener, 10 yillik tajribaga ega kouch Go'zal Abilova
https://instagram.com/intimfitness.uz/
871 viewsedited  18:31
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:30:02
Instagramga kirmaydigan ayollarni o'ylash meni esimdan chiqsa ham, Allohning yodida ekan

Sizlar ko'rishinglar uchun, instagram efir videosini qabul qilmayapti, qarang

Hech bir ish bekorga bo'lmaydi...
690 viewsedited  18:30
Ochish/sharhlash