Get Mystery Box with random crypto!

Uborkani kim uchun qilasiz? Uborka-yashayotgan joyingiz tozal | AZIZA ABDUSAMATOVA️

Uborkani kim uchun qilasiz?

Uborka-yashayotgan joyingiz tozaligini ta'minlashingizdir.

Ko'p ayollar bu aslida o'zlari uchunligini unutib qo'yishgan. Qayerda ko'rgansiz, malika yoki qirolichaning makoni toza bo'lmaganini?

Siz uyingizni tozalaganda, uyga qo'shib o'z energetik maydoningizni, turli bloklaringizu yopilib qolgan yo'llaringizni ham tozalaysiz.

Oilangizga kirayotgan baraka uy tozaligiga bog'liq. Pul faqat toza joyga kiradi.

Bundan tashqari, bu ayolning ehsonidir. Zikr bilan, to'g'ri niyat bilan qilingan uborka ham ibodat. Dinimiz naqadar go'zal va oson...

O'zimiz uchun bo'lsa, uni ko'rsatib qilish kerakmi? Yo ko'rsatmaymi?

Kimga ekaniga bog'liq

Erga - ko'rsatavermang. Siz qanday bekaligingizni toza uy, yengil energetikadan ham biladi erkak. Uning yonida "siz bechora qanchalik charchashingiz" yoki "qanchalik yaxshi bekaligingiz"ni ko'rsatib qo'yish uchun tinmay ish qilishingiz shart emas.

Uyga kelganda eringizga beka emas, ayoli kerak...

Yonida o'tiring, hol so'rang, massaj qilib qo'ying va hokazo. Qirolingizga mehr, kuch va vaqtingizni hadya qiling.

Farzandlar - albatta ko'rishi kerak. Ular bilan birga vaqt o'tkazishga uborka ham yaxshi variant. Suhbatlashib birga yig'ishtirishingiz mumkin.

Bolalar siz qanday ish qilayotganingizga guvoh bo'lgani, uy tozaligi uchun nimalarga ahamiyat berishingizni ko'rib ulg'aygani ma'qul. Shunda sizning mehnatingizni ham, uyning tozaligini ham qadrlaydi.

Qaynona - ko'rsating ham, ko'rsatmang ham. Siz doim qiladigan, lekin ko'rinmaydigan ishlar: pol artish, chang artish, supurish kabilarni yonlarida qiling. Chunki artilgan joy birozdan so'ng yana chang bo'ladi, supurilgan yerga esa yana barglar to'kiladi.

Natijasi shundoq ham ko'rinadigan ishlarni esa hech kim yo'g'ida, ko'rsatmay qilavering. Kir yuvganingiz haqida dordagi kiyimlar, narsa pishirganingiz haqida stolga tortilgan taomlar o'zi aytaveradi

Siz qanday fikrdasiz?