Get Mystery Box with random crypto!

​Bilsangiz edi... Nega yozmayapman? Yozganlarim kerakli inson | Bᴀхʀɪᴅᴅɪɴоꜰꜰ | Bʟᴏɢ

Bilsangiz edi...

Nega yozmayapman?
Yozganlarim kerakli insonlarga yetib bormayotganligi uchundir balki!

Nega yozmayapman?
Oʻzimcha aqllilik qilib, boshingizni qotirib tashlamaslik uchundir balki!

Nega yozmayapman?
Yozishga yetarli darajada sabablar topolmayotganim uchundir balki!

Nega yozmayapman?
Yozishdan koʻzlangan asosiy maqsadni unutganligim uchundir balki!

Nega yozmayapman?
Siz toʻgʻri sarflashingiz lozim boʻlgan vaqtni tejash uchundir balki!

Nega yozmayapman?
"Bilmasang, gapirma!" aqidasiga amal qilayotganim uchundir balki!

Nega yozmayapman?
Shunchaki nimani kim uchun yozishni bilmayotganligim uchundir balki!

P/S. Kim aytdi yozish doimo oson boʻlgan deb? Bilsangiz edi, buning naqadar mashaqqat ekanini))