Get Mystery Box with random crypto!

Batir Uralov

Telegram kanalining logotibi batiruralov — Batir Uralov B
Telegram kanalining logotibi batiruralov — Batir Uralov
Kanal manzili: @batiruralov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

•Fikrlar.
•Hayotimni yozib boraman.
© Soʻkishlar, fikrlar, takliflar uchun @batiruralovchatbot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-01 11:58:29
Шавкат Мирзиёев: «Мен нафақат ўзбек халқининг, балки қорақалпоқ халқининг фарзандиман»

«Икки эл бир бўлганмиз, меҳримиз меҳримизга қўшилган, қон-у қариндошмиз. Танти қорақалпоқ халқини юрагимдан эъзозлайман. Ғурур билан айтаманки, мен нафақат ўзбек халқининг, балки қорақалпоқ халқининг ҳам фарзандиман», деди президент.

https://kun.uz/95295869

Kun.uz расмий канали
25 views08:58
Ochish/sharhlash
2022-07-01 11:58:20 Oxirgi payt Qoraqalpogʻiston respublikasi bilan sodir boʻlayotgan voqealarga asoslangan nutq. Lekin quruq gap bilan hech narsaga erishib boʻlmaydi.
19 views08:58
Ochish/sharhlash
2022-06-30 17:13:02
#Yoshlar kuni.

#Uzbekistan yoshlarini bugungi yoshlar kuni bayrami bilan tabriklayman.

Kelgusida ishlaringizda, oʻqishlaringizda omad tilayman.

Faqat, ishingizda masʼuliyat bilan yondashing. Davlat uchun #vatan uchun sizdan keyingi avlod uchun manfaatli ishlarni qiling. #Jamiyat normalariga kirib qolmaslikga harakat qiling.

Oʻqishga qabul ham boshlandi.
Oʻzingiz qiziqqan sohaga oʻqishga topshiring. Trendga qarab harakat qilmang. Daromati yaxshi lekin oʻzi yoqtirmagan sohada ishlayotgan odamlarning nolalarini eshitib koʻring, umr bir marta beriladi. Uni oʻziz yoqtirmagan sohada ishlab oʻtkazish bu juda ayanchli.

Sohangizda #professional boʻling fokusni pulga emas oʻqishga rivojlanishga qarating pul hali sizga kerak emas. Va hechqachon oʻqishdan izlanishdan toʻxtamang.

P.s har bitta oʻqishingizni yoki ishingizni vatan va #millat uchun qiling.

@batiruralov
22 views14:13
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:42:24 Issiq. Har qanday vaziyatda yoki hodisada menda oʻsha hodisaga bogʻliq savol tugʻiladi. Nega, nima sabab, qanday. Hozirda havo issiq, oʻtirib oʻyladim hozir biz issiqdan himoyalanishimiz uchun sharoitlar bor. Lekin ajdodlarimiz bu kabi ob-havo sharoitlariga…
33 viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash
2022-06-28 15:28:51 PDF yoki muqovali kitob.

Hozirgi davrda bizda ham elektron (pdf) ham qogʻoz kitob oʻqish imkoniyati mavjud.

Shu oʻrinda savol "qaysi biri samaraliroq"?

Bu borada hammaning oʻz subyektiv fikri mavjud.

Men sizga ikkalasining + va - taraflarini uzun qilib sanab bermayman. Qaysi birini tanlash uchun bitta sabab yetarli.

Tadqiqotlar aniq raqamlar taqdim etmagan boʻlsa ham bu hammaga maʼlum boʻlsa kerak. Qogʻoz kitobda oʻqilgan maʼlumotlar elektron kitoblarga qaraganda koʻproq esda qoladi. Va albatta uni emociya bilan oʻqiysiz va koʻzni charchatmaydi.

Elektron kitob bizga yoʻlda juda qoʻl kelishi mumkin. Lekin, oʻzimning tajribalarimdan maʼlumki pdf kitob koʻzni charchatadi va oʻqilgan maʼlumotlar qabul qilish qiyinroq va ancha zerikarli qogʻoz kitobga nisbatan.

Xulosa: Iloji boricha qogʻoz kitob oʻqishga harakat qiling. Lekin kitob oʻqishni endi boshlagan boʻlsangiz va qogʻoz kitobga moliyaviy holatingiz toʻgʻri kelmasa choʻntakni qiynamang va pdf boʻlsa ham oʻqing lekin, shoshilmang, maʼlumotlarni yaxshiroq tushunishga va yozib olishga harakat qiling.

Sizga qaysi biri qulay?

@batiruralov
30 views12:28
Ochish/sharhlash
2022-06-27 11:30:29 Issiq.

Har qanday vaziyatda yoki hodisada menda oʻsha hodisaga bogʻliq savol tugʻiladi. Nega, nima sabab, qanday.

Hozirda havo issiq, oʻtirib oʻyladim hozir biz issiqdan himoyalanishimiz uchun sharoitlar bor. Lekin ajdodlarimiz bu kabi ob-havo sharoitlariga qanday chidagan ekan degan, gʻalati savollar hayolimga keldi.
Bir tomondan gʻalati va foydasizdek, bir tomondan hozirgi holatimizga shukur qilib tafakkur qilishimizga undaydi.

P.s rostanam quyosh aka ancha qizdirdi .

@batiruralov
32 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-06-26 18:49:56 Kichkina va chiroyli.

Oʻzining kichkina mulkini yokida kichik biznesni zoʻr qilib qoʻyganlarni hurmat qilaman va havas qilaman. Masalan:

Kichkina kafecha, doʻkon, bogʻcha, sartaroshxona yokida kichkina hovlisini toza, chiroyli qilib qoʻysa, kirsangiz koʻnglingiz koʻtariladi, koʻzingiz quvnaydi. Va yana jigulisini yoki Sparkchasini toza yuvib artib qoʻyadigan odamlarni hurmat qilaman.

Kichik biznesni zoʻr qilib qoʻygan odam uni katta biznesga aylantirishi uchun faqat duxga ega boʻlish kerak. Balkim bilim kerakdir.

Va yana kichik biznesni zoʻr qila olmagan odam katta biznesni oʻylamasa ham boʻladi. Uning bankrot boʻlmasligi katta yutuq.

Bunga qanday erishish mumkin.
Birinchi odam usti boshini tozalab olish kerak. Keyin xonasini va uyini, ishxona asta sekin "poryadka" qilib borish kerak... Deb oʻylayman....

P.s yangi hayot yoki rivojlanish xonani yigʻishtirishdan boshlanadi. Men;)

@batiruralov
28 viewsedited  15:49
Ochish/sharhlash
2022-06-25 11:48:22 Kutish.

Koʻpchilik kutishni eng yomon koʻrganim deydi.

Menda bu neytral.

Baʼzi narsalarni kutish yomon albatta.
Davlat ishlarida navbat kutish, kimnidir kutish,yoʻlda tirbandlik (probkada), kafe yoki restoranda ovqat kutish.

Va shuning bilan birga baʼzi narsalarni kutish yoqimli.

Bolalikda tugʻilgan kuningizni kutgandirsiz. Abituriyentlar test kunini kutishi, albatta yaxshi oʻqigan boʻlsa. Testtan oʻtsa oʻqish boshlanishini. Yokida internetdan nimadir buyurtma qildiz, uning yetib kelishini kutish, eng zoʻri avtosalondan moshina chiqishini kutish boʻlsa kerak.

Men eng yomon koʻrgan kutish bu odamlarni kutish. Siz ishiz bitishi uchun kimnidir kutib oʻtirishingiz kerak. Avvallari bu davlat organlarida koʻp boʻlardi, hozir ancha tezlashgan. Va maktabni bitirishni kutish boʻlgan.

Eng yoqimli kutish bu nimadir xarid qilsam shuning yetib kelishini kutish. U mahsulot yetib kelgandagi emociya, undan ham kuchli

P.s post tushlik uchun ovqatni kutib oʻtirganimda yozildi.

@batiruralov
26 viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2022-06-24 19:48:13 Metro.

Toshkent metrosida qiziq atmosfera bor.

-Hamma bir nuqtaga qarab homrayib oʻtirish kerak.
-Charchaganni yoqib olish kerak.
-Oʻzimizni holsiz uyqusi kelgandek koʻrsatish.
-Hamma qayergadir shoshgan aslida hech qayerga shoshmayapti. Shoshayatgan boʻlsang taksiga oʻtir deydigan odam yoʻq.
-Kitob oʻqisang senday odam yoʻq, hamma senga qaragan.

Men buni toʻgʻri yoki notoʻgʻri deya olmayman. Balkim bu metroda yurish odobidir. Lekin men buni koʻproq jamiyat normalari (bu haqida alohida post boʻladi) deb atayman. Qonun va dinda taqiqlanmagan lekin odamlar tomonidan taqiqlagan va bu qonunlarni buzsak bizga zarari yoʻq. Iloji boricha bu normalardan chiqishimiz kerak faqat befarosat boʻp ketmaslik kerak.

P.s Bilaman viloyatlarda metro yoʻq lekin chet davlat shaharlarida bor. Men bu holat faqat Toshkent metrosidami yoki boshqa metrolarda qanday bilmayman, shuning uchun aynan Toshkent metrosini yozdim.

@batiruralov
25 viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2022-06-23 16:22:23 Tanlov.

Raqobat yaxshimi?

Bozorda taklif koʻpaysa bir tomondan mijozlarga yaxshi, ikkinchi tomondan taklif koʻpaysa tanlash ham qiyin boʻladi menimcha.

Masalan telefonni olaylik bunnan 2yil avval telefon olmoqchi boʻlsangiz Samsung Redmi Appleni oxirgi versiyalarodan birini olar edik. Hozirda esa telefonni hili koʻp. Shaxsan oʻzim tanlashga qiynalyapman.

Lekin taklif juda kam boʻlsa ham mijozlarga qiyin. Monopoliya. UzAm.

Bozorda talab ham taklif ham meʼyorda boʻlgani yaxshi, lekin bu bizning qoʻlimizda emas..

@batiruralov
26 views13:22
Ochish/sharhlash