Get Mystery Box with random crypto!

Plan bajarildi. Blogimga 50ta postni har kuni davomida yozish | Batir Uralov

Plan bajarildi.

Blogimga 50ta postni har kuni davomida yozishni maqsad qilib qoʻygan edim.

Qarasam 54ta post boʻlibdi. Orada 1-2 kun uzilish boʻldi lekin deyarli har kuni post chiqdi.

Toʻgʻri postlar qandaydir foydali manfaatli sizning hayotingizni oʻzgartirib yuboradigan darajada emasdir.

Sal fikrlashingizni oʻzgartirishga(albatta yaxshi tomonga)sababchi boʻlsa boʻldi.

Aslida oʻzi blogni hayotda nimagadir erishgandan keyin ochmoqchi edim. Blogda foydali tajribadan oʻtkan postlar boʻlishi kerak edi. Qarasam bu #xato ekan, ya`ni ideal vaqt kelmaydi.

Oʻzimga oʻzim kel hech boʻlmasa fikrlarimni, atrofdagi vaziyatlarga munosabatimni yozib boray dedimda, blogni ochdim.

Shu paytgacha son uchun ishladim, sababi 50ta post yozilishi kerak edi va plan ortigʻi bilan bajarildi.

Keyingisi, blog ochsam ideya qaydan keladi deb xavotir olmang, siz qadam qoʻysangiz yoʻl oʻzi ochiladi. #tajribamdan

P.s Bilaman hozircha obunachilar koʻp emas, lekin albatta qachondir yaxshigina obunachi boʻladi

@batiruralov