Get Mystery Box with random crypto!

Geografiya darsligida qiziq holat. Bilmaganizi soʻrashga yoki | Batir Uralov

Geografiya darsligida qiziq holat.

Bilmaganizi soʻrashga yokida savolga taxminiy javobni aytishdan uyalmang.

Maktab paytida ustoz savol berganida birinchilardan javob berardim. 3ta partalar orasiga bizlarni qoʻyib bellashtirardilar. Oʻquvchilar savol berardi, javob bergan bitta qadam bosardi va birinchi qatorni oxiriga borgan oʻquvchi yutardi, kundaligiga 5 baxo. Aksariyatida men birinchilardan partalar oxiriga borardim . Oʻqituvchi metodikasiga gap yoʻq.

Keyin ustoz savoliga xato javob berishdan uyaladigan boʻlib qoldim. Bu tabiiy edi, aksariyat savollarga aniq va tezda javob beradigan oʻquvchi uchun.

6-sinfda geografiya fanidan savol boʻldi. Nimaga dunyoda suv tugab qolmaydi? Javobini taxmin qilardim lekin toʻgʻriligiga 100% ishonchim komil emasligi uchun aytgim kelmadi. Va hechkim javob bermagannan keyin ayttim "sababi suv dunyo boʻylab aylanib yuradimi" oxirida yuradimi dedim sababi aniq emas edi.
Ustozim "yuradimi emas yuradi de" bilgan narsangni aytishdan yoki taxmin qilishdan uyalma, bu senga keyingi hayotda pand berishi mumkin. Hechkim seni xato javob berganing uchun jazolamaydi. Va fikringni bildirishdan ham uyalma.

Voqelikga asoslangan 1-post.

P.s Siz nimadan uyalasiz yoki uyalgansiz?

@batiruralov