Get Mystery Box with random crypto!

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз “Assalomu alaykum Men Andijon | BASTION

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз

“Assalomu alaykum Men Andijon Viloyatidanman ismim Muzaffar. Menda shikoyat yoq, faqat jamiyatimizga xalqimizga foydasi tegadigon bir taklifim bor edi.

Men xizmat safari bilan Toshketnga kelgandim. Xar kuni toshkent metropoliten yani metrodan foydalanmoqdaman, kun issiq bo'lgani uchun, tabiyki metrodan foydalanuvchilar soni juda xam oshibdi,metroda Odam ko'p bu taabiy xolat va normal xolat xisoblanadi chunki metro manzilga borish uchun juda qulay, bu uchun Davlatimizga raxmat.

Taklifim yangi Uzbekistonda metro tizimida xam yangilik qilib, metroda ayollar uchun aloxida vagon tashkil qilinsa yani ayollar erkaklar aralashib ketyabdi, issiqda bir biriga yopishgan xolda ketishmoqda bu biz o'zbeklarga tog'ri emas deb o'ylayman. Кimidur qizi, singlisi, ayoli, opasi, onasi vaxokozo, xullas umuman mintalitetimizga tog'ri kelmayabdi.

Мetroda kuzatib shunga amin bo'ldimki shuni yolga qoyib aloxida qilish kerak, masalan 4 ta vagon bo'lsa 2 tasi ayollarga 2 tasi erkaklarga qilinsa yaxshi bo'lardi.

Eshitganman qaysudur davlatida metro xuddi shunday tartibda tashkil qilingan, shu tajribani bizda xam qilsek menimcha xalqimiz xursand bo'lardi.

Nega endi chiqindilarni aloxida tashashga o'rgatyabmiz, chiqindi idishlarni aloxida ranglar bilan ajratib qo'yyabmiz, xamma foydalanadigon metroda erkak ayol aralashtirib yuborilgan.

Shuni xam xalqimizga o'rgatib metroda ayollar aloxida vagonlarga, erkaklar aloxida vagonlarga chiqishni yolga qoyishni va kerak bo'lsa ayollar vagonini aloxida boshqa (balki qizil) rangda qilsek xalqimiz moslashishi tezroq bo'ladi.

Davlatimizdan e'tirozim yo'q. Bu meni shikoyatim emas shunchaki fuqarolik taklifim balki mutassadilar bu taklifim sodda chiqqandur, shunga asosan bir tartib ishlab chiqarib yana xam mukammalroq qilib tashkil qilishni o'ylab ko'rishingizni iltimos qilardim.” - дейилмоқда.

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr