Get Mystery Box with random crypto!

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз “Assalamu alaykum Bastion kana | BASTION

#обуначиларимиздан #таҳрирсиз

“Assalamu alaykum Bastion kanali hodimlari avvalam bor Mustaqillik bayrami muborak bõlsin Andijon viloyati IIB hodimlari nomidan murojjatimiz bor.

Kanaldagi murojaatlarni va unga yechimlarni doimiy kuzatib boramiz xalq xizmatida charchamanglar.

Bayram munosabati bilan shaxsiy tarkibning atiga 10% ga ham mukofot puli yozilmadi,yozilganiga ham tushurilib berilgani yõq. Xa mayli mukofot pulini bermasa ham,4-oydan buyon ushlab turgan "MALAKA TOIFASI" pulimizni beringlar insofsizlar,axir sport va testni topshirganimizga ancha bõldiku?

Banklarga ertaga oxirgi ish kuni dam olishga chiqib ketadi,shu bilan sentyabr oyligiga qõshib beramiz deb yana bir oy sudrashadi.
Endi muddaoga õtsak xodimlarni oylik maoshidan toifa pulini 4-oy ushlab turish kimning xaqqi bor???

Andijon viloyati IIB boshliği A.Rahmatullayev va IIB Moliya bõlimi boshliği M.Muhammadjonovdan iltimos qilib qolamiz peshona ter haqqimizni beringlar sizlardan mukofot sõramayabmiz!!!

Hali farzandlarimizga maktab uchun õquv qurollari va kiyimlar sotib olganimiz yõq. Menimcha Asaka bankni bunga aloqasi yõq,chunki bularga rõyhat berilsa tushurib berishadi vaqtida.

Bastion kanali tõğri tushuning shaxsimiz va profilimizni sir saqlasangiz, chunki murojaatdan keyin muammoni hal qilishdan kõproq yozgan hodimni qidirishga harakat qilishadi.

Iltimos murojaatimizni kanalizga joylab bersangiz mutasaddi rahbarlar õqib bugun tushurishga harakat qilardilar,bank ish vaqti tugashiga ham 2 soat vaqt qolibti, oldidan rahmat.” - дейилмоқда хабарда.

"BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!

@bastiongr