Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Shahrixo | BASTION

#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Shahrixon tumani DSI xodimlariga bayram pullari tushirib berilmaganligi yuzasidan e'lon qilingan material bo‘yicha Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisining 2022-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida” 253-sonli buyrug‘iga asosan Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlarida, jumladan, Shahrixon tuman DSIda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlariga 16-avgust kuni mukofot pullari to‘lab berilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|