Get Mystery Box with random crypto!

“HUDDUGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI Te | BASTION

“HUDDUGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

Telegramning “BASTION” kanalida
murojaat e'lon qilingan bo‘lib, unda Asaka tumani “Olaqanot” MFYning “Yuqori Olaqanot” ko‘chasini tabiiy gazga ulash bo‘yicha xabar qoldirilgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali murojaatchi A.Abdug‘aniev bilan uchrashdi. Suhbat davomida hozirda mazkur ko‘cha suyultirilgan gaz ta'minotida ekanligi, tabiiy gazga qayta ulanish bo‘yicha tegishli tartibdagi hujjatlar rasmiylashtirilishi zarur ekanligi tushuntirildi. Shuningdek, mahalla ulanmoqchi bo‘lgan tarmoq «UZAUTO MOTORS» Ajning tarmog‘i bo‘lib, sanoat tarmog‘idan aholiga tabiiy gaz berilmasligi bo‘yicha huquqiy tushunchalar taqdim etildi. Hozirda mazkur MFY “Asakatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan bir maromda suyultirilgan gaz bilan ta'minlanib kelmoqda.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati