Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 22-iyul, Shanba. Maktabgacha va makt | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!
Bugun 22-iyul, Shanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro boks kuni
Ozarbayjonda milliy matbuot kuni
Gambiyada inqilob kuni
Indoneziyada prokurorlar kuni
Markaziy Afrika Respublikasida daraxt ekish kuni

VOQEALAR:

1894-yil — Fransiyada birinchi avtomobillar musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
1927-yil — Italiyada “Roma” futbol klubiga asos solindi.
1944-yil — Xalqaro valyuta fondi tashkil etildi.
1959-yil — An-10 samolyotining birinchi parvozi bo‘lib o‘tdi.
1971-yil — Torontodagi maktablarda o‘quvchilarni qamchilash taqiqlandi.
1989-yil — tojik tili Tojikistonning davlat tili deb e’lon qilindi.

TAVALLUDLAR:

1887-yil — Gustav Gertz — kvant energiyasini o‘lchagan nemis fizigi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1888-yil — Zelman Abraxam Vaksman — amerikalik mikrobiolog va biokimyogar, silga qarshi antibiotik yaratuvchisi, fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1890-yil — Vera Varsanofiyeva — sobiq ittifoq geologi va geomorfologi, birinchi geologiya va mineralogiya fanlari doktori bo‘lgan ayol.
1916-yil — Marsel Serdan — fransuz bokschisi, Yevropa va jahon chempioni.
1942-yil — Toyoxiro Akiyama — yapon jurnalist, Yaponiyaning birinchi kosmonavti.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE