Get Mystery Box with random crypto!

Mahorat mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda! Xabaringiz bor, Maktab | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Mahorat mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda!

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladigan mahorat mashg‘ulotlari (master klass) hamda o‘quv-treninglar rejasi shakllantirilgan edi.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida O'zbekiston Taekwon-do ITF rivojlantirish markazi rahbari B.Xolbekov ishtirokida mahorat mashg'uloti o'tkazildi.

Mahorat mashg‘uloti Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Jismoniy tarbiya va sport" yoʻnalishidagi to'garak rahbarlari uchun tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi, O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Taekwon-do ITF milliy assotsiatsiyasi, Axborot Texnologiyalari Universiteti bilan imzolangan hamkorlik Memorandumlari asosida onlayn va oflayn mahorat mashg‘ulotlari hamda o‘quv-treninglar tashkil etiladi.

Hududlarda mahorat mashgʻulotlari davom etadi!

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE