Get Mystery Box with random crypto!

Respublika 'Barkamol avlod' bolalar maktabi tomonidan seminar | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan seminar oʻtkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyat, tuman/shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablari direktorlari ishtirokida, maktablarda mavjud to'garaklar faoliyati hamda davlat xususiy sherikchilik yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori U.Parpiyev ishtirok etib, maktablarda oʻquvchilar qamrovini oshirish bo'yicha o‘zining tegishli maslahat va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar davomida tuman, shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablarining hisobotlari tinglandi hamda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan maktablarni yanada rivojlantirish hamda davlat xususiy sheriklik asosida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilar qamrovini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE