Get Mystery Box with random crypto!

'TOG' SARGUZASHTLARI' FESTIVALI BO'LIB O'TDI Maktabgacha va | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

"TOG' SARGUZASHTLARI" FESTIVALI BO'LIB O'TDI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Tog' sarguzashtlari" festivali e'lon qilingan edi.

Festivalning Farg'ona viloyat bosqichi Quvasoy shahri, Arsif qishlog'ida joylashgan tog' yonbag'rida tashkillandi.

Bunda, viloyatdagi barcha tuman(shahar) "Barkamol avlod" bolalar maktablarining 100 ga yaqin to'garak a'zolari tanlov nizomiga ko'ra bellashdilar.

Tanlovda ishtirokchilarni baholash uchun Favqulodda vaziyatlar va Tabiat resurslari vazirligi Farg'ona viloyat boshqarmalari, "Vatanparvar" tashkilotlari bilan hamkorlikda o'tkazildi.

Viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar bilan quyida tanishing!
1-o'rin: Quvasoy shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi;
2-o'rin: Beshariq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi;
3-o'rin: Farg'ona tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
.

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda festivalning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

•Telegram     •Instagram  
•Facebook     •Artshop