Get Mystery Box with random crypto!

“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI BUXORODA! Xabaringiz bor | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI BUXORODA!

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

Festival Buxoro viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi.

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib o'tamiz, festivaldan maqsad
to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
ichki turizmni rivojlantirish,
tajriba almashish,
to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish.

Festivalda Buxoro viloyatidan umumiy 35 ming nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Tanlov kuy-qo'shiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Tadbir soʻnggida festival estafetasi SIRDARYO viloyatiga topshirildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE