Get Mystery Box with random crypto!

“Bolalarga bering dunyoni” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘ | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi



“Bolalarga bering dunyoni” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda 12-iyun - Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida onlayn respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Ko‘rik-tanlov nizomda belgilangan shartlar asosida 15-iyun kuniga qadar davom etadi.


Ko‘rik-tanlov “Tasviriy san’at” hamda “Estrada vokal” yoʻnalishlarida tashkil etiladi.

Ko‘rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Ko‘rik-tanlovda 8-12 va 13-17 yosh toifasida bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE