Get Mystery Box with random crypto!

Usmon Dembele? Xavi: “PSG o'yinini ko'rmadim. Men undan jah | FCB.uz (Rasmiy kanal)

Usmon Dembele?

Xavi: “PSG o'yinini ko'rmadim. Men undan jahlim chiqmadi, baribir uni juda yaxshi ko'raman va unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Biz Rafa, Lamine va Ferran shaklida yechim topdik. Ba'zida bir o'yinchi ketsa, boshqasi keladi va biz bor narsamizdan mamnun bo'lamiz».

Universal futbolchilar?

Xavi: "Bizda juda katta tarkib yo'q, lekin bizda bir nechta pozisiyalarda o'ynay oladigan futbolchilar ko'p. Sergi Roberto, Gavi, Gundogan, Cancelo, Ferran, Raphinha, Joau Felix, Kounde, Ronald Araújo... serqirra o‘yinchilar jamoa uchun juda foydali”.

Gavi?

Xavi: “Biz Gavi nimalarga qodirligini bilamiz. U juda yaxshi futbolchi. U himoyada ham, hujumda ham o'ynay oladi. Gavi - bu ruh, yurak, ishtiyoq... u jamoa uchun juda muhim. Men u uchun xursandman".

Gundogan Frenki o'rnini bosa oladimi?

Xavi: “Ha. Gundogan Oriol Romeudek yarim himoyachi sifatida o'ynay oladi, lekin biz u maydonga tushib, uzatmalarni amalga oshirishi kerak, deb o'ylaymiz, biz undan shuni xohlaymiz va bundan ham ko'proq hozir bizda Pedri yo'q, u unga juda o'xshaydi. U uch yoki to'rtta yarim himoyachi bilan o'ynashga moslasha oladi".