Get Mystery Box with random crypto!

Xavi: 'Bizni safarda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Avval | FCB.uz (Rasmiy kanal)

Xavi: "Bizni safarda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Avval Mallorca, keyin esa “Sevilla”ga qarshi oʻyin. O'tgan kuni unchalik yaxshi o'ynamadik, sabablarini tahlil qildik va ularni tuzatishga harakat qilamiz.

Biz turnir jadvalida yetakchimiz, garchi bu hozirda kulguli bo'lsa-da, lekin bizga yoqadi. Bu biz hamma narsani yaxshi bajarayotganimizni anglatadi. "Real Madrid" bilan nima sodir bo'lishidan qat'i nazar, asosiysi biz yetakchimiz".


Pedri?

Xavi: "Pedri o'zini juda yaxshi his qilmoqda, ko'ramiz u qachon qaytishi mumkin. Bu uning his-tuyg'ulariga bog'liq. Hammasi juda yaxshi ketmoqda. Bizda muqobil variantlar bor va ulardan biri Sergi Roberto. Men uchun Roberto har doim yordam bera oladigan futbolchi. Fermin u ham kashfiyot va bizga ko'p yordam berishi mumkin, u muhim bo'lishi mumkin.


Rapinha?

Xavi: "Rapa "Celta"ga qarshi o'yinga juda yaxshi kirishib ketdi, u menga Ferranni eslatdi. U ikkinchi golda muhim rol o'ynadi. U qanotda ham, yarim himoyada ham o'ynay oladi.