Get Mystery Box with random crypto!

Majburiy avto sug'urta hamda KASKO ixtiyoriy sug'urtalarining | Banking.uz

Majburiy avto sug'urta hamda KASKO ixtiyoriy sug'urtalarining bir-biridan farqi haqida gaplashamiz.

Majburiy avto sug'urta deganda (Transport vositalari egalarining fuqarolik JAVOBGARLIGINI majburiy sug'urta qilish) tushuniladi. Ya'ni, 3 - shaxs oldidagi javobgarligini sug'urtalash nazarda tutilmoqda.

Ko'pgina fuqarolarimiz bu sug'urta polisi bo'yicha baxtsiz hodisa yuzaga kelganda mani avtomobilimga yetgan zararni qoplab berishadi degan fikrda yuradilar. Ammo bu noto'g'ri, bu sug'urta xizmatida haydovchining aybi bilan boshqa transport vositasiga zarar yetkazilsa, haydovchining sug'urta kompaniyasi jabrlanuvchiga 40,000,000 so'mgacha bo'lgan sug'urta badalini to'laydi. Bunda taqsimot quyidagicha:

Transport vositasiga yetgan zarar uchun - 14,000,000 so'mgacha;
Transport vositasi ichidagi yo'lovchilarga yetkazilgan tan jarohatlar uchun - 26,000,000 so'mgacha.

Majburiy avto sug'urtada qanday holat bo'lishidan qat'iy nazar hodisa yuzasidan YHXB ning dalolatnomasi hamda sudning qarori(aybdor hamda jabrlanuvchini aniqlash) talab qilinadi!

KASKO ixtiyoriy avto sug'urtasini xarid qilgan shaxsga majburiy avto sug'urtadan farqli holda, ya'ni mijoz baxtsiz hodisada aybdor deb topilganda ham kompaniya mijozning avtomobilini ko'rgan zarari asosida, olgan javobgarligi doirasida ta'mirlab beradi. KASKO quyidagi qo'shimcha xizmatlarni qamrab oladi:

Baxtsiz hodisa doirasida hujjatlarni yig'ishga ko'maklashish;
Yetkazilgan zarar miqdori javobgarlikning 10% gacha bo'lsa da'volarni hujjatlar taqdim etilmasdan ko'rib chiqish(asosan, #kuzov lak bo'yog'i, #molding, #oyna, #antenna, #emblemalarga zarar yetgan bo'lsa...)
Baxtsiz hodisa asosida shikastlangan avtomobilni evakuatsiya qilish.

Yuqoridagi yoki boshqa qo'shimcha xizmatlar qo'shilganda KASKO tariflari ham farqlanadi

Bizning manzil: https://t.me/bank_sh_i