Get Mystery Box with random crypto!

Nobank kredit tashkilotlari deganda nimani tushunasiz? Ularnin | Banking.uz

Nobank kredit tashkilotlari deganda nimani tushunasiz? Ularning banklardan farqi nimada? O'zbekistonda Nobank kredit tashkiloti deganda qaysi tashkilotlar nazarda tutiladi? Xalqaro tajribada qanday? Bularning bariga quyida oddiy, qisqa hamda sodda tushuntirishga harakat qilaman!

Nobank kredit tashkilotlari deganda, xizmat ko'rsatish qamrovi kam bo'lgan, asosan, kredit berishga ixtisoslashgan hamda xizmat ko'rsatish tezligi yuqori bo'lgan tashkilot tushuniladi.

Nobank kredit tashkilotlarining banklardan asosiy farqi, ular:

Aholidan #omonatlar qabul qila olmaydila;
Hisob raqam ocha olmaydilar, o'zining hisob raqami banklarda ochiladi;
Qimmatli buyum, tilla taqinchoqlar garovi asosida kam summali kreditlar ajratadilar.

Nobank kredit tashkilotlariga #Mikrokredit, #Lombard va hokazo tashkilotlar kiradi.

Xalqaro tajribada Nobank kredit tashkilotlariga nazar soladigan bo'lsak, #Mikrokredit, #Lombard, #Lizing, #Faktoring, #Sug'urta va boshqa tashkilotlarni qamrab oladi.

Yuqorida keltirib o'tgan fikrlarimiz mamlakatimizdagi qarash bo'yicha izohlandi.

Bizning manzil: https://t.me/bank_sh_i