Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Konstitutsiyaga oʻzgarish kirdi. Saylovlar oktyabr oyi | Bandixon Yangiliklari

Rasman: Konstitutsiyaga oʻzgarish kirdi. Saylovlar oktyabr oyida boʻladi

Prezident Konstitutsiyaga oʻzgarish kiritish toʻgʻrisidagi 2 ta qonunni imzoladi.

Birinchi qonunga koʻra, Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi (bungacha dekabr oyida edi).

Bu degani joriy yilgi Prezidentlik saylovi 24-oktyabr kuniga toʻgʻri keladi.

Ikkinchi qonunga koʻra, “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” soʻzi bilan almashtirildi.

P/s: Ikkala qonun ham bugundan kuchga kirdi.
Demak bugundan hammasi boshqacha bo'ladi

@BandixonYangiliklari