Get Mystery Box with random crypto!

1- Qadam To'g'ri ariza qoldirish haqida • Job platformalarid | bakHRomov

1- Qadam
To'g'ri ariza qoldirish haqida

• Job platformalarida (umuman rezyumeni) rezyume shablonini to'g'ri va aniq (grammatik va imloviy xatolarsiz)yozishga e'tibor berish;
• Teskari xronologiya asosida ish joylaringizni ketma ketlikda keltirish;
• Ish tajribangiz va ko'nikmalaringiz haqida batafsil raqamlar bilan keltirish;
• O'zingizga haqqoniy baho berish (ma'lumotlarni bo'rttirmasdan yozish)

Bular esa o'zingizga mos ishning tezroq topilishiga, ham o'zingizning ham kandidatning vaqtini olmaslikka sabab bo'ladi. Shuningdek e'tiborli va prof kandidat ekanligingizni ham ko'rsatib qo'yadi. )

Birgina misol deyarli barcha job saytlarda filter bor ya'ni odatda rekruter hamma rezyumelarni ko'rib chiqmaydi, balki ma'lum kriteriyalar bo'yicha saralab oladi. Agar siz birgina turar joyingizni xato kiritsangiz yoki qaysi tillarni bilishingizni kiritmasangiz filterdan tashqarida qolib ketishingiz turgan gap.

Hozirda eng ko'p kompaniyalar ro'yxatdan o'tgan va eng katta kandidatlar bazasiga ega bo'lgan platforma bu hh.uz

Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda ham job sahifalari talaygina. Shulardan bittasi mening kichik proyektim: @vacancy_uzb Instagram da. Ularga tayyor rezyumeni rekruter ish pochtasiga, telegram akkauntiga yuborishingiz mumkin.

Tayyor resyume'ni esa job saytlaridagi rezyumengizni yuklab olib, foydalansangiz ham bo'ladi.

Linkedln platformasi bo'yicha bu yerda

Telegram | Linkedln | Instagram