Get Mystery Box with random crypto!

Bahodir Mexriddin (Bozorov)

Telegram kanalining logotibi bahodir_mehriddin — Bahodir Mexriddin (Bozorov) B
Telegram kanalining logotibi bahodir_mehriddin — Bahodir Mexriddin (Bozorov)
Kanal manzili: @bahodir_mehriddin
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60
Kanalning ta’rifi

Kopirayter, investor va introvert Bahodir Mexriddinning shaxsiy blogi
Qalbimizdan jamlanmalar: @notiqlik_eliksiri
Portfolio'ning DODASI: @doppili_kopirayter
Aloqa uchun: @Bahodir_Mexriddin

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-04 21:11:42 Qurʼon soʻzini toʻgʻri ishlataylik!

Qurʼon - Alloh taolo nozil qilgan kitob.

Mus’haf - oʻsha vahiyning varaqlarda chop qilingani.

Shunday ekan, masalan, men Qurʼon sotib oldim, emas, mus’haf sotib oldim, deyish toʻgʻriroq boʻladi.

Menga Qurʼonimni uzatib yuboring, emas, mus’hafimni uzatib yuboring deyish kerak.

Alloh taolo mus’hafning Fotiha surasida bunday degan, emas, Qurʼonning Fotiha surasida bunday degan, deyish kerak.

Mus’hafni yodladim, demaysiz, Qurʼonni yodladim, deysiz.

Masalan, Qurʼonni mus’hafga qarab yodladim, deysiz.

Qurʼonni tahoratsiz ushlama, degandan koʻra, mus’hafni tahoratsiz ushlama, degan toʻgʻiroq. Qurʼon shundoq ham qalbida, xotirasida.

Mus’hafim eskirib qoldi, mus’hafim yoʻqolib qoldi, mus’hafim uyda qolib ketibdi, kabi jumlalarda Qurʼon soʻzini ishlatgandan mus’haf soʻzini ishlatgan yaxshiroq.

Xullas, qachonki, kitobni - muqova orasidagi varaqlarni nazarda tutsangiz, mus’haf deyish, qachonki, vahiyni nazarda tutsangiz, Qurʼon deyish toʻgʻriroq boʻladi.

Arablar buni yaxshi farqlaydilar, afsuski, bizning oʻzbek tilida bu farq qadimda barchaga maʼlum boʻlgan esa-da, zamonaviy oʻzbek tilida unutilgan. Ahli ilm, tolibi ilm birodarlar bu farqlarni yaxshi bilishadi. Boshqalarga ham foydali boʻlar deb bir eslatay dedim.

Qanchadan qancha soʻzlarni, ayniqsa, atama (termin)larni rus, ingliz va boshqa tillardan olamiz. Dinimizning eng muhim mavzulariga oid atama va istilohlarni ham arab tilidan tarjima qilavermay, boricha olishni oʻrgangan yaxshiroq. Aslida bu soʻzlar oʻris bosqinidan oldingi asl oʻzbek tilida boʻlgan va ularni qaytarish tilimizning boyligi, goʻzalligi hamda tarixini saqlash yoʻlida ham yaxshi qadam boʻladi vallohu aʼlam.

Mahmud Usmon

Obuna boʻling: @bahodir_mehriddin
249 views18:11
Ochish/sharhlash
2023-02-02 08:52:09 Tafakkur qilmasangiz, qayta oʻqing!

«Shayton hukmini o‘ziga o‘xshaganlarga o‘tkazadi»,- deydi Alloh. Birov boshqaga hukmini o‘tkazishi uchun ikki tomon bir-biriga o‘xshashi va hamjins bo‘lishi kerak.

Gapimiz dalili:
«Ins va jin shaytonlarning ba’zilari ba’zilarini g‘ururga ketkazishlari uchun latif kalomlarni tanlarlar».
(An’om surasi, 112-oyat)

Shayton o‘ziga o‘xshagan shaytonlarni boshqaradi. Chunki o‘xshashlik hukmi bilangina ta’sirlanish va bog‘liqlik yuzaga keladi. Ammo, Allohga bandalik qiladigan insonlar tomon shaytonga yo‘l yo‘qdir.

Alloh Iblisga aytadi: «Albatta, Mening bandalarim ustida sening hukmronliging yo‘qdir». (Hijr surasi, 42-oyat)

Demak, «Meni shayton yo‘ldan urdi» deganning dalil-hujjati yo‘q. Biz unday insonga: «Chunki sen o‘zing unga o‘xshagan shaytonsan!»,-deb javob beramiz.

Doktor Mustafo Mahmud

Obuna boʻling: @bahodir_mehriddin
160 views05:52
Ochish/sharhlash
2023-01-29 01:51:36 Kerakligingizni his qilib yashang

Baʼzan bu hayotimizning oʻtayotgan har bir fursatlari bizning qimmatbaho umrimiz ekanligini yodimizdan chiqarib qoʻyamiz.

Hayot charxpalagi Sizni shunday holatlarga soladiki, baʼzan vaqtingiz oʻtganini sezmay qolasiz, baʼzan esa 24 soat vaqt ham yetmaydi.

Keling, oʻzimizga bir savolni berib koʻramiz.Nima uchun bunday holatga duch kelamiz?

1)Siz aniq maqsadlarsiz vaqtingiz «tekinga» sarflayapsiz, xuddiki sotib olib qoʻyganday.  Siz ziyondasiz.

2) Siz oʻzingiz sevgan qalb kasbingiz bilan mashgʻulsiz. «Odamlar nima deydi» degan ikkilamchi gap-soʻzlarning Siz uchun hech qanday ahamiyati yoʻq. Siz toʻgʻri yoʻnalishdasiz.

Davomi bor...

Bahodir Mehriddin oʻgʻli, kopirayter

Obuna boʻling: @bahodir_mehriddin
161 viewsedited  22:51
Ochish/sharhlash
2023-01-26 21:10:37 Olmaning tagiga faqat olma tushadimi?

Farzandingizni tanqidlar yomgʻiri ostida qoldirib, uni boshqalar bilan qiyoslashni bas qiling.

Birinchidan, uning psixologik kayfiyatiga juda yomon taʼsir qiladi. Ikkinchidan, doʻstlariga nisbatan gʻazab va nafrati kuchayadi.

Ey mehribon otajon va onajonlar, biz sizlarning mehringizga aslo shubhamiz yoʻq. Ammo, farzandingizni boricha qabul qilishingizni xohlaymiz. Axir, siz ham bolalagingizda bola boʻlgansizku!

Bahodir Bozorov, kopirayter

Obuna boʻling: @bahodir_mehriddin
137 viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2023-01-23 11:48:40 Bu post jamiyatning bir ogʻrigʻiga yechim bera oladi

Biz har doim ayolni ojiza, uyning ishlaridan ortmaydigan bir xizmatkor sifatida koʻrib keldik. Xuddiki, u faqat shu sabablar uchun  yaratilganganday goʻyo. Har bir yaratilmish oʻz vazifasini bajarmas ekan, bu jamiyatning isloh boʻlishini gaz bilan chiroqni kutgandanda koʻproq kutamiz, ishonavering!

Xoʻp, yechim nimada?

Siz oʻzingizda boʻlmagan sifatlarni ayolingizdan talab qilmang, hurmatli erkaklar.

Shunchaki munosib boʻling! Munosib boʻlmasang, munosib qilishini soʻrab koʻproq duo va Alloh roziligi uchun, farzandlaringizga munosib OTA boʻlish uchun, farzandingiz Siz tufayli boshqalar oldida uyalib qolmasligi uchun harakat qiling.

Ayolingizning ilmli boʻlib, Alloh taoloning oldidagi va keyin Sizning oldingizda vazifalarni toʻliq ado qilgani yaxshimi yoki  « Oʻqib, olima boʻlar edimi », « Koʻp oʻqisa, koʻp aqllilik qiladi»,- deb uning ham umriga, farzandlaringizning ham umriga oʻtmas BOLTA boʻlganingiz yaxshimi?

Tafakkur qilaylik axir, tafakkur!

Bahodir Bozorov, kopirayter

Obuna boʻling: @bahodir_mehriddin
164 viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2023-01-23 06:21:20
Ражаб ойининг қандай фазилатлари бор?

– Ражаб ойи баракали ва улуғ ой бўлиб, ундаги озгина яхши амал эвазига кўплаб ажру савоблар берилади.
Ибодатлар ва дуолар ижобат бўлади.

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

“Беш  кеча  борки,  унда  дуолар  рад  этилмайди: ражаб ойининг  аввалги  кечаси; шаъбон ойининг  ярмидаги  кеча; жума кечаси; фитр куни кечаси ва қурбонлик кечаси” (Ибн Асокир ривояти).

Batafsil oʻqish

Obuna boʻling: @bahodir_mehriddin
149 viewsedited  03:21
Ochish/sharhlash
2023-01-22 22:05:59 Asling kabi ko’rin, yo ko’ringaning kabi bo’l

«Qalbimda bo’lsa bo’ldi», «Ichimdagini qaydanam bilardi» degan  balandparvoz gaplar Z avlodning eng ommabop gaplaridan bo’lsa kerak.

Haqiqatdan ham, birovning ichidagini biz qayerdan bilamiz? Yoki ijtimoiy tarmoqda minglab obunachisi borlar har bir obunachisiga ichidagilarni doston qilib o’tirmaydi-ku?!

Gapirayotganlari va qilayotganlari mutanosib insonlar odatda “qalbimda bo’lsa bo’ldi”, “Alloh bilsa bo’ldi” deydi, ammo unga qarshi negativlarni ko’tara olmaydi.

Insonlar ko’rganlariga qarab baho beradilar, ha aynan insonlar. “Ichida shunaqa bo’lsa kerak” deb taxmin qilib o’tirishmaydi-ku. Qalbingizda qanday bo’lsangiz, shuni ko’rsating, qalbingizdagilar amallaringizga mos bo’lsin. Yoki sizni ko’ringaningiz kabi baholashlariga ko’ning.

Obuna boʻling: @ilmnajotemasmi
104 viewsedited  19:05
Ochish/sharhlash
2023-01-19 13:16:05 Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Аллоҳнинг Китобида бир сура бор. Унинг оятлари ўттизта. У соҳибини то мағфират қилингунича шафоат қилади. «Табарокаллази биядиҳил Мулк», дедилар».

Абу Довуд ва Термизий ривоят қилганлар.

Маккада нозил бўлган бошқа суралар каби бу сура ҳам ақида мавзусининг аслини муолажа қилади.

«Мулк» сураси учта асосий мақсадни ўз ичига олган:

1. Аллоҳнинг азамати, У Зотнинг тирилтириш ва ўлдиришга қодирлиги.

2. Тангрининг ягоналигига далил ва ҳужжатлар келтириш.

3. Қиёматга ва ўлгандан сўнг қайта тирилишга ишонмайдиганларнинг оқибати нима бўлиши.

Шунинг учун ҳам бу суранинг фазли улуғ бўлган. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам уни мақтаганлар ва уни қироат қиладиганларга ушбу ҳадисдаги каби кўп нарсаларни ваъда қилганлар.

• Manba

Mulk surasi, 1- 30 oyatlar

Namangan shahar Bahouddin Naqshbandiy jome' masjidi xodimi Muhammad Abbos qori

Obuna boʻling
@ilmnajotemasmi
124 viewsedited  10:16
Ochish/sharhlash
2023-01-18 11:31:27 Bu postni yozishga meni oʻsha bir kun undadi...


Har bir insonning hayotida kunlardan bir kun degan joyi boʻladi. Inson aynan oʻsha kunlardan bir kunida yo hidoyatga, yo yana zalolatga yuradi. In shaa ALLOH, hidoyatga yuruvchilardan qilsin.

Bu oʻyin-kulgudan iborat dunyo hayotida sen yoʻlovchisan.

Shunday ekan, safarga puxta tayyorlan.Faqat keraklisini ol. Belingni mahkam bogʻla. Albatta, yoʻlning yarmida toʻxtab qolmaslik uchun.

Har bir yoʻlingdagiga eʼtiborli bo'l. U sen uchun yo imtihon, yo mukofotdir. Vaqtida xulosa qil. Shoyadki, hidoyatda bo'lsang.

 Umr safarida ekansan, niyatingni toʻgʻri qil, har doim yangilab bor.
Qiyinchilik, gʻam-tashvish-u, axir buni iloji yoʻqku deydigan muammolaringni umuman pisand qilma.

Bir kuni safaring qariydi.Tayyor tur.Alloh taoloning hisob-kitobiga tayyor tur.

Bahodir Bozorov
P.S.: arxiv: 2021,24-aprel

Obuna boʻling @ilmnajotemasmi
117 views08:31
Ochish/sharhlash
2023-01-17 04:52:47 Абдуллоҳ ибн Ҳубайб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Биз зулматли ёмғирли кечада Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам намоз ўқиб беришлари учун у зотни ахтариб кўчага чиқдик.

У зотни топганимизда, «Айт», дедилар. Мен ҳеч бир нарса айта олмадим. Сўнгра яна: «Айт», дедилар. Мен ҳеч нарса айта олмадим. Сўнгра яна: «Айт», дедилар.

Мен: «Эй Расулуллоҳ, нимани айтаман?» дедим. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:

قُلْ هُوَ اللهُ أحَدٌ... قُلْ أعُوذُ بِرَبِّ الفَلَقِ... قُلْ أعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ...

«Қул ҳуваллоҳу аҳад», «Қул аъузу бироббил фалақ», «Қул аъузу бироббиннас» сураларини кечки пайт ва эрталаб уч мартадан айтсанг, сенга ҳар бир нарсада кифоя қилади», дедилар».

Абу Довуд, Термизий ва Насаийлар ривояти.

Obuna boʻling @ilmnajotemasmi
109 views01:52
Ochish/sharhlash