Get Mystery Box with random crypto!

Tafakkur vaqtini qanday oʻtkazsam boʻladi? Alloh taoloning bi | Bahodir Mexriddin (Bozorov)

Tafakkur vaqtini qanday oʻtkazsam boʻladi?

Alloh taoloning bizga inʼom etgan bu umrini nimaga sarflayapmiz?

Dunyoga berilib, muhim boʻlmagan ishlarning ortidan yugurib muhim boʻlgan ishlarni tashlab qoʻymadikmi?

Bu dunyoning haqiqati nimada?

Shu kabi savollarga javob topishni xohlaysizmi?

Tavsiya: Qabristonga boring, albatta vaqtingizni qizgʻanmang. Siz oldin oʻtgan yaqinlaringizning haqiga duolar qiling, Qurʼon tilovatlarini qiling!

Bu dunyodan ketganida nega meni tashlab ketdingiz deb yigʻlash-siqtashlar bilan afsus qilgan holda emas, ularga mana shunday yordam bering!

Ularni eslashingiz uchun 9-mayni kutmang, hoziroq bugunni oʻzida vaqt topib boring!

Aslida haqiqiy tafakkur mana shunda boʻladi!

Bahodir Mehriddin oʻgʻli, kopirayter

@bahodir_mehriddin