Get Mystery Box with random crypto!

ULTARMALIKLAR - 'IIB BOSHLIG‘I KUBOGI' G‘OLIBI Bag‘dod tuman | BAG'DOD TUMANI HOKIMLIGI

ULTARMALIKLAR - "IIB BOSHLIG‘I KUBOGI" G‘OLIBI

Bag‘dod tumanining "Qo‘shtegirmon" mahalla fuqarolar yig‘inida sportning mini futbol turi bo‘yicha "IIB boshlig‘i kubogi" musobaqalari yakunlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i Q.Mirtazaqulov xabar bermoqda.

O‘z safida 160 nafardan ziyod uyushmagan yoshlarni jamlagan 16 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

5 kun davom etgan musobaqada faxrli 1- o‘rinni "Ultarma" MFY jamoasi, 2- o‘rinni "Konizar" MFY jamosi, 3- o‘rinni esa "Qorako‘l" MFY jamoasi egalladi. Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan ta'sis etilgan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati.