Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'SOHIBQIRON' dramasidan 2-qism Uchta mullav | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"SOHIBQIRON" dramasidan
2-qism

Uchta mullavachchaning orzulari haqida so‘z yuritilgan asar qaysi asar?
J: "Sohibqiron"

Ma’lumki, asarda uchta mullavachchaning orzulari haqida so‘z yuritilgan. Ulardan biri to‘ygunicha palov yeyishni, ikkinchisi to tonggacha kitob o‘qishni orzu qiladi. Uchinchisi-chi?
J: Bibixonim visoliga yetishni

Amir Temur Hazrati Yassaviy maqbarasidan chiqib yo‘lda bir darvesh bilan suhbatda bo‘ladi. Darvish aslida kim edi?
J: Xizr alayhissalom

Amir Temur "Sen Qozog‘on nabirasi! men barloszoda!" deb kimga murojaat qiladi?
J: Amir Husaynga

Amir Temurga qarata kim "Taqdirga la’nat!
Tiriklayin sen Iblisga ro‘baro‘ qildi" deb aytadi?
J: Amir Husayn

Amir Temur kimga qarata
"Odamlarning shajarasi daryolar kabi
Bir-biriga qo‘shilmog‘i shubhasiz, bor gap.
Sening bobong Chingiz emas, aslida Hasad" deb aytadi?
J: Amir Husaynga

Amir Temur Jete bilan jangda – Loy jangida o‘n ming askar halok bo‘lgani haqida kimga ta’na qiladi?
J: Amir Husaynga

Har sakkiz yuz yilda bir sohibqiron tug‘ilishi haqida kim so‘zlaydi?
J: Shayxulislom

Kayxisravning otasi – Badaxshonning hokimini kim o‘ldirgan?
J: Amir Husayn

"Bu – Temur uchun" degan yozuvi bor kamon o‘qi kimning sadog‘idan chiqadi?
J: Amir Husaynning

Amir Temurning bir oyog‘i va bir qo‘li qayerda yaralanadi?
J: Sijistonda

Amir Temurning bir oyog‘i va bir qo‘li yaralanganda kim malham qo‘yadi?
J: Amir Husayn

Tuz aynisa uni hech narsa tuzata olmasligi haqida qaysi asarda fikr bildirilgan?
J: "Sohibqiron"

Amir Temur Amir Husaynga "Aynan senga mo‘ljallangan bir juft o‘qdir bu deganda nimani nazarda tutgan?
J: Yassaviyning ikki misra she’rini ("Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi, Termiltirib xaloyiqqa zor ayladi")

Muntazirmiz amringizga, o, Sohibqiron,
Siz amr eting – kemirgaymiz Ko‘hi Qofni ham,
Siz amr eting – simirgaymiz Bahri ummonni.
Kuch olgaymiz shijoat-u himmatingizdan,
Sizga sodiq bo‘lurmiz deb qasam ichganmiz.
Ushbu parcha kim tilidan aytilgan?
J: Barlos Bahodir

Sizning aziz joningizga otilgan har o‘q
Eng avvalo, kelib tekkay bizning ko‘krakka,
Nomard yovni agarda Siz kechirsangiz ham,
Biz mutlaqo kechirmasmiz. Ketgaymiz tarqab.
Ushbu fikrni Amir Temurga kim aytgan?
J: Barlos Bahodir

Mana bugun barham topti ikkita umr,
Ikkisi ham bir onadan tug‘ilgan edi.
Biri singil, biri aka – izma-iz ketdi.
Birovining mehri qancha bepoyon bo‘lsa
Ikkinchisin g‘arazi ham shuncha mo‘l edi.
Ushbu parchada tilga olingan aka-singil kim?
J: Amir Husayn va Uljoy Turkon

Uljoy Turkonni kim o‘ldiradi?
J: Amir Husayndan topilgan zaharlangan kamon o‘qi bilan o‘zini o‘zi o‘ldiradi

Nahotki iblis och bo‘ridek bir qo‘zini albatta yegay.
Bu g‘alati jarayonda adolat bormi?
Yayrab yurar nega shayton korandalari?
Nega ko‘pdir nayrangboz-u kazzob kimsalar?
Nega bosgan yer yuzini buncha ko‘p illat?
Men zaminni tozalashim kerak ulardan.
Ajal mudom bekinmachoq o‘ynar biz bilan
Men o‘limdan qo‘rqamanmi?
Ko‘p chigal savol...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: "Sohibqiron"

Nechanchi sahna Qur’on tilovati bilan yakunlanadi?
J: Birinchi

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya