Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'SOHIBQIRON' dramasidan 1-qism 'Sohibqiron' | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"SOHIBQIRON" dramasidan
1-qism

"Sohibqiron" qanday asar?
J: Besh pardali she’riy drama
Shiltberger, Ioan Sultoniy, Borchiq singari qahramonlar qaysi asarda uchraydi?
J: "Sohibqiron"
"Sohibqiron" dramasi qaysi holat tasviri bilan boshlanadi?
J: Amir Temurning soch oldirish jarayoni bilan
Amir Temur "Odamzodni bir daqiqa bejilov qo‘ysang
G‘ajib tashlar, yeb bitirar birbirlarini" deb kimga aytadi?
J: Sartaroshga
Amir Husaynni kim bandi qilib keltiradi?
J: Kayxisrav
Amir Husayn kim?
J: Uljoy Turkonning akasi, Amir Temurning qayin og‘asi
Buqalamun nomi bilan tanilgan qahramonning asl ismi nima?
J: Itolmas
Yasovul nomi bilan tanilgan qahramonning asl ismi nima?
J: Qosimbek
Yasovul nomi bilan tanilgan qahramon asli qayerlik edi?
J: Keshlik
Amir Temur minib yurgan ot qanday nom bilan ataladi?
J: Kuno‘g‘lon
Amir Temur bilan bir necha yildan beri shatranj o‘ynab yurgan mohir shatranjchi kim?
J: Aloviddin
Amir Temur Qosimbekka Boyazidning mag‘lubiyati haqida xabar keltirgani uchun qanday saxovat ko‘rsatadi?
J: O‘zining nabiralaridan birini nikohlab bermoqchi bo‘ladi
Muallif o‘z nuqtayi nazarini kimning qarashlari orqali beradi?
J: Yassaviy
"Shabxun" so‘zi nimani anglatadi?
J: Tungi hujumlarni
Umrida hech kitob ko‘rmay ulg‘aygan, deya kim ta’riflanadi?
J: Amir Husayn
Temur "ulug‘ bir zot yashab o‘tgan zaminimizda" deganda kimni nazarda tutgan?
J: Yassaviyni
Madrasaga berkingan Amir Husaynni hokim Kayxusrav nimasidan tanib qoladi?
J: Zarbof to‘nidan
Amir Temur tajribali hukmdor va o‘ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanch deb nimalarni nazarda tutadi?
J: Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar
Olamni kuch bilan bosib olgandan, odamlar dilini haq so‘z bilan zabt etish to‘g‘riroqligi haqidagi fikr kimning shaxsiyatini ifodalaydi?
J: Yassaviyning
Amir Temur shatranjning qaysi donasini "haqiqat qilichidek keskir, beomon" deb ta’riflaydi?
J: Ruxni

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya