Get Mystery Box with random crypto!

'Salomatlik va sof tabiat uchun!' O'zsanoatqurilishbank, BM | Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov

"Salomatlik va sof tabiat uchun!"

O'zsanoatqurilishbank, BMTning "Global shartnomasi" hamda "Toza hudud" DUK hamkorligida Toshkent viloyatida ekologik aksiya o'tkazildi.

Unda bankning 50 dan ziyod ko'ngilli xodimlari va ularning oila a'zolari ishtirok etdi.

Aksiya davomida "Yong'oqsoy" MFY hududi yarim tonna chiqindidan tozalandi.

Ma'lumot uchun ayni kunlarda O'zsanoatqurilishbank tomonidan BMTning "Global shartnomasi"ga a'zolik uchun qator muzokaralar olib borilmoqda. Aksiya doirasida ishtirochilarga bu boradagi yangiliklar va hamkorlikdagi qo'shma dasturlar yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.

Yanada batafsil navbatdagi reportajimizda ...