Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda musulmon boʻlgan bir yahudiy hikoya qiladi: “Bir musu | Azon(norasmiy)

Yaqinda musulmon boʻlgan bir yahudiy hikoya qiladi:

“Bir musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat bilan shugʻullandik. Ishimiz juda kattalashdi. Katta foydalar qildik. Vaqti kelib, ikkimiz ajralishga qaror qildik. Oʻrtadagi molimizni hisobladik. Ikkimizning ulushimiz aniq boʻldi. Shundan soʻng musulmon sherigim menga dedi:
— Mana shu mol ham senga boʻlsin.
— Nima uchun?
— Biz sen bilan shuncha yil ish qildik. Koʻp foydalar qildik. Bizning dinimizda «qul haqqi» degan bir gap bor. Bu jiddiy masala. Yana biror joyda sening haqqing menga oʻtib ketgan boʻlmasin. Men gʻayri muslim bir insonning haqidan qoʻrqaman. Meniki senga oʻtgan boʻlsa, men roziman.
“Qul haqqi” nima degani?
— Men bu masalani senga tafsiloti bilan tushuntira olmayman. Lekin, nozik masala ekanini bilaman. Istasang, bu masalani yaxshilab tushuntirib beradigan bir domladan soʻraymiz.

Bir ilm odamining oldiga bordik. “Qul haqqi” toʻgʻrisida maʼlumotlar oldik. Insonlarning molini nohaq yeyishlikning juda nozik tomonlarigacha anglatdi.

Men u yerdan chiqib toʻgʻri oʻz dinimning, yaʼni yahudiy olimining oldiga bordim. Undan soʻradim:
— Musulmonlarda “qul haqqi” degan tushuncha bor ekan. Musulmonlar hayotlarida bu narsadan juda ehtiyot boʻlar ekanlar. Bizda bu haqda nima deyilgan?

Davomini o‘qish

AzonUZ ахборот-таҳлилий портали