Get Mystery Box with random crypto!

Hurmat qilish vaqt bilan Vaqtingizni hurmat qilmaydigan odam | Aziz Rahimov

Hurmat qilish vaqt bilan

Vaqtingizni hurmat qilmaydigan odam o’zingizni ham hurmat qilmaydi.

“Sizga hurmatim baland” deb turgan bo’lsa ham.

Inson vaqtdan iborat. Vaqti tugasa hamma narsasi tugaydi.

Kuttiryapti, siz bilan gaplashib turib telefoniga chalg’iyapti, eshitmayapti-yu gapiryapti.

Bular hammasi o’z vaqtini siznikidan ustun qo’yayapti degani. Sizni hurmat qilmaydi degani.

Kimgadir hurmat izhor qilmoqchimisiz? Vaqtini tejab bering.

O’zingizni hurmat qilmay qo’ydingizmi? Vaqtingizni isrof qilishni to’xtating.

@azizrakhimov_blog