Get Mystery Box with random crypto!

O’rgatish shart emas “Men hech qachon chekmayman” deb qoldi o | Aziz Rahimov

O’rgatish shart emas

“Men hech qachon chekmayman” deb qoldi otasi chekadigan tanishim. “Uyda hidiga to’yganman”.

“Bolalarim bo’lganda, ular bilan ko’p gaplashaman”, deb qoldi o’quvchimiz. “Men bilan kam gaplashishgan”.

Shogirdimiz odobiga qoyil qolaman. Ustozlarini yonida yurish eng katta sabab bo’lgan ekan.

“Yigirma yosh bo’lsangiz ham, biznesni yaxshi tushunar ekansiz” dedim.
“-Bilmasam. Bobom bilan yurganimda ko’rganlarimni qilaman xolos” deb javob berdi.

Bu voqealarni nega misol qilyapman?

Oddiy haqiqatni tushuntirish uchun:

O’rganishingiz uchun, birov o’rgatishi shart emas.

@azizrakhimov_blog