Get Mystery Box with random crypto!

Sovg‘aning betiga qaralmaydi Yetti yoshimda dadam oxirgi pull | Aziz Rahimov

Sovg‘aning betiga qaralmaydi

Yetti yoshimda dadam oxirgi pullariga eski kompyuter sovg‘a qilgandilar. 

Eski bo‘lgani uchun ko‘p o‘yinlar o‘ynalmasdi, tez-tez buzilib qolaverardi. Biz xafa bo‘lmasdik, chunki mahallada birinchi komp bizda edi. O‘yinlar tortmaganidan, dasturlar o‘rganildi. Buzilaverganidan tuzatishni o‘rganib oldik. 

Birinchi eski telefonim, eski noutbukim bilan ham shunday. Hech qaysi biri ideal emasdi.  Sovg‘a bo‘lgani uchun indamay, foyda olaverardim. 

Hayotdan siqilgan, muammolardan charchagan do‘stim. Hayotdan siqilyapsiz degani - hayotingiz bor degani!

Hayot sovg‘a qilib berildimi, kichkina kamchiliklariga siqilavermang. Kamchiliklar yutuq bo‘lishi ham mumkin. Sovg‘aning vaqti tugaganida - shu siqilgan kunlarimiz orzu bo‘lib qoladi. 

Umri tugashini bilgan odam, tog‘ ustida bitta oyoq ustida turib yashashga ham rozi bo‘lardi degandi Tolstoy. 

Sovg‘ani betiga qaramang. Qarashga vaqt sarflasangiz, ishlatishga vaqt qolmay qolishi mumkin. 

@azizrakhimov_blog