Get Mystery Box with random crypto!

Tugamaydigan resurs Yosh yigitlar hech kimga kerak bo’lmagan | Aziz Rahimov

Tugamaydigan resurs

Yosh yigitlar hech kimga kerak bo’lmagan yong’oq po’choqlarini yig’ib Turkiyaga eksport qilishyapti.

Do’stim ishidan ortib qolayotgan penoplastni nima qilishini ko’p o’yladi. Oxiri qurilish materialini yangi turini olib kirib shu uchun ishlatyapti.

Hamkorimiz axlat to’lib yotgan tepalikni olib, tekislatib, tozalatib chiroyli bir bog’cha qurdirdi.

Kargochilar eskirgan konteynerlarni olib, kichik ofis, do’kon va kafelarga aylantirib sotishyapti.

Millenium shokoladi apelsin po’chog’ini qo’shib premium plitkasini sotayapti.

Kerakmas narsani kerakliga aylantiradigan narsa ilm.

Tilla, neft, gaz - tugaydigan resurs. Ilm - oxiri yo’q, tugamaydigan, boshqa resurslarni topadigan resurs.

Ilm oling do’stlar. Bu dunyoda hech qaysi resurs unga teng kela olmaydi baribir.

@azizrakhimov_blog