Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar nima deydi Odamlar nima deyishi nega muhim? Odamlar | Aziz Rahimov

Odamlar nima deydi

Odamlar nima deyishi nega muhim?

Odamlarga yoqish uchun muhim. Shunday qilsa hurmat qilishadi. Maqtashadi. Yomonlashmaydi.

Hurmat va maqtov nega kerak?

O’z qadrini bilib turish uchun. O’ziga hurmat ortishi uchun.

Demak odamlar fikriga qarab ish qilish - tashqi hurmatni ichki hurmatga konvertatsiya qilish usuli.

Ichki hurmat nega yo’q? Asli qandayligini biladi. Nafs shuni berkitish uchun tashqaridan fikr kutadi.

Odamlar nima deydi deb qilinadigan ishlar, aslida odamlar uchun emas, nafsimiz aytgani uchun qilinadi.

@azizrakhimov_blog